Xalqaro hamkorlik

2019 yil 27-noyabr kuni Toshkent temir yo’l muhandislari institutiga Rossiyaning eng qadimiy universitetlaridan biri – Qozon (Volga bo’yi) Federal universiteti (Qozon Federal universiteti) delegatsiyasi tashrif buyurdi.

Qozon Federal universiteti – Rossiyadagi eng yirik universitetlardan biri bo’lib, 15 ta asosiy o’quv bo’linmalari, ikkita litsey va ikkita filialdan iborat. Universitetda 50 mingga yaqin talabalar tahsil oladi, ulardan 10 mingga yaqini dunyoning 106 mamlakatidan kelgan talabalardir.
Uchrashuvda Qozon Federal universiteti tomonidan N.I. Lobachevskiy nomidagi Matematika va mexanika instituti o’quv ishlari bo’yicha direktor o’rinbosari Ruslan Zamaliev va Hisoblash matematikasi va axborot texnologiyalari instituti ilmiy ishlar bo’yicha direktor o’rinbosari Aida Gaynutdinova ishtirok etdi.
Toshkent temir yol muhandislari instituti prorektori Yadgor Ruzmetov institut tarixi, amalga oshirilayotgan o’quv dasturlar, ilmiy yo’nalishlar, institutning yutuqlari va ToshTYMIning kelajakdagi rivojlantirish rejalari haqida gapirib berdi. Uchrashuv davomida birgalikdagi hamkorlik va qo’shma o’quv dasturlarini ishlab chiqish imkoniyatlari muhokama qilindi. Amaliyot va akademik almashinuv dasturlarini ishlab chiqish uchun mexanika kafedralari xodimlarining ilmiy yo’nalishlari to’g’risida ma’lumot almashishga kelishildi.

Manba:Xalqaro aloqalar bo‘limi axboroti