Institutlararo XVI ilmiy-uslubiy anjumani o‘tkazildi

2019 yil 28 noyabr kuni Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida “Ilmiy-pedagogik ishlarning dolzarb muammolari” nomli magistratura talabalari, stajer-tadqiqotchilar, doktorantura izlanuvchilari va yosh olimlarning institutlararo XVI ilmiy-uslubiy anjumani bo‘lib o‘tdi.
Anjumanning maqsadi sifatida maqola mualliflarining ilmiy-pedagogik ishlari natijalari, o‘zlashtirgan yangiliklari hamda pedagogik faoliyatning mazmuni va tashkil etilishini yaxshilashga doir takliflarini ko‘rib chiqishga qaratildi.
Ishlab chiqarish bilan o‘quv jarayoni integratsiyasini inobatga olgan holda o‘quv fanlari mazmunini yaxshilashga doir takliflar kiritish va ta’lim innovatsiyalarini o‘quv jarayoniga tatbiq etish bo‘yicha tavsiyalar berish anjumanning vazifasi deb belgilandi.
Anjumanning yalpi yig‘ilishini Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Dilshod Baratov ochib berdi. Yalpi yig‘ilishda DDMTFL-1 guruhi magistranti M.Po‘latov “Oliy ta’lim tizimida vujudga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf qilishga qaratilgan chora-tadbirlar” mavzusida taqdimot qildi. Taqdimotda mavjud qonun loyihalari va “O‘zbekiston Respublikasini yanada rivojlantirish bo‘yicha harakatlar strategiyasi” dasturidan kelib chiqib oliy ta’lim tizimida vujudga kelayotgan muammolar va ularni bartaraf qilishga qaratilgan chora-tadbirlar yuzasidan takliflar berildi.
Anjuman quyidagi 3 ta sho‘’balar bo‘yicha o‘z ishini davom etdi:
1. Oliy ta’lim innovatsiyasi;
2. Oliy ta’lim muassasalarida intellektual ta’lim tizimlari;
3. O‘quv jarayonining ishlab chiqarish bilan integratsiyasi.
Anjuman doirasida institut professor-o‘qituvchilari va magistratura talabalari ilmiy-uslubiy faoliyatni takomillashtirish bo‘yicha fikr almashdilar.

Axborot xizmati.