Yuksalish yo‘lida

Vaqt – go‘yo hayot kiyimi to‘qiladigan iplar bo‘lib, uning pishiq va nafisligiga qarab hayot aziz va bebaho bo‘ladi. Agar iplar yomon va to‘zigan bo‘lsa, hayot ham tuban, bema’no va mazmunsizdir. Inson o‘z hayotining har bir daqiqa va lahzasidan unumli va barakali foydalanib, uni yaxshi amallar qilishga sarflashi vojibdir.
Nafaqat vaqt, balki jamoa va yonidagilar qadriga yetib, qadrlanib kelayotgan yosh qadrdonimiz Farrux Azimov bugun 30 yoshni qarshiladi.
Ayni vaqtda institutda 30 yoshgacha bo‘lgan 247 nafar yigit-qiz go‘zal axloqiy va ilmiy darajalarga yetishish yo‘lida vaqtini, kuchini, aql-idrokini sarflamoqda. Yoshlarga o‘nlab o‘z tengdoshlarini namuna qilib ko‘rsatish mumkin. Tengdoshlari ichida Farrux o‘zgacha…
Farruxning yutuqlari avvalom bor o‘ziniki. Shuxrat medali, O‘zbekiston belgisi ko‘krak nishoni, O‘zbekiston Mustaqilligiga 25 yil esdalik nishoni… Uning eng katta yutug‘i jamoaning ishonchi. Farruxdan ajratib bo‘lmaydigan jihati kishilarning ezgu fazilatlarini hamisha ijobiy baholashida. Tez o‘zgaruvchan, ko‘rinishi va maqsadi farqlanayotgan vaqt va munosabatlarda ham Farrux o‘sha-o‘sha…
Farruxni tabriklaymiz. U o‘z tengdoshlari bilan institut ravnaqiga juda ko‘p hissa qo‘shishiga ishonamiz. 247 nafar yoshlar Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti maqomi atrofida birlashsa, uning taraqqiyoti yo‘lida jiddu jahd ko‘rsatsagina maqsad – baxt hosil bo‘ladi.
Bu baxtni ko‘rishga barchamiz munosibmiz!

Axborot xizmati