KIBERSPORT 2019

Axborot texnologiyalari rivojlangani sari insoniyatning unga bo’lgan qiziqishi ham oshib bordi. U faqatgina inson hayotini osonlashtiruvchi vosita emas, balki yaxshi ovunchoq hamdir. Kompyuter va internet olamida masofadan turib o’ynaladiga virtual o’yinlar insoniyat ko’ngilochar dunyosining ajralmas qismiga aylandi.

2017-yil 9-mart kuni O‘zbekistonda kompyuter va kibersport o‘yinlari assotsiatsiyasining tashkil etilishiga ham ana shu omillar sabab bo’ldi. Tashkilotning asosiy maqsadi O‘zbekistonda kompyuter va kibersport o‘yinlarini jahon sport harakatining bir qismi sifatida rivojlantirish hamda mamlakat fuqarolarini axborot jamiyati hayotiga tayyorlashdan iborat.

Virtual o’yinlar ishqibozlari hamma joyda ham talaygina topiladi, shuningdek bizning institutda ham. 24-noyabr kuni Yoshlar ittifoqi boshlang’ich tashkiloti va Yoshlar media klubi tashabbusi bilan Institut tennis zalida kibersportning PES (Pro evolution soccer) turi bo’yicha musobaqa o’tkazildi. Musobaqa isshtirokchilari PS (Playstation) o’ynash bo’yicha ko’nikmalarini sinovdan o’tkazdilar. Musobaqa juda ham qizg’in, bahs-munoaralarga boy tarzda bo’lib o’tdi

Musobaqa yakuniga ko’ra:

1-o’rin: Asqaraliyev Iqboljon Imomali o’g’li

2-o’rin: Fayzullayev Komiljon Kamol o’g’li

3-o’rin: Toshtemirov Shaxboz Toshtemir o’g’li