Rektor bilan muloqot

16 noyabr kuni Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti rahbariyati bilan Iqtisodiyot fakulteti talabalari uchrashdi.

“Rektor bilan muloqot“ – Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti faollar zalida o‘tkazilgan uchrashuv mana shunday nom oldi. Institut prorektorlari va bakalavr bosqichida ta’lim olayotgan talabalar o‘rtasida rasmiyatchilikdan xoli, yuzma-yuz, ochiq muloqotning tashkil etilishi fakultetlar kesimida amalga oshirilmoqda.


Bugun bu uchrashuvga “Iqtisodiyot“ fakultetida tahsil olayotgan talabalar jalb qilindi. Uchrashuvda ta’limdagi yangiliklar, institutdagi 2030 yilgacha oliy ta’lim tizimini rivojlantirish kontseptsiyasi bilan bog‘liq o‘zgarishlar borasida ma’lumot berildi.

Muloqot davomida talabaning ilm bilan shug‘ullanishi uchun yaratilgan va yaratilishi ko‘zda titilayotgan shart-sharoitlar xususida fikrlashildi. O‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Abdulaziz Gulamov innovatsion fikrlashni maqsad qilgan talabalar o‘qishi kerakligini qattiq ta’kidladi.

Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Dilshod Baratov talabalarning kiyinish madaniyati va odob-ahloq mezonlariga e’tibor qaratdi.

Talabalarning takliflari prorektorlar tomonidan qayd etilib, ularni amalga oshirish mexanizmlari haqida ham atroflicha mulohazalar almashildi. Uchrashuvning muhim jihati, bunda avvalo, o‘qituvchi va murabbiylardan xoli, shaffof o‘tganligidir. Prorektorlar va talabalar o‘rtasidagi muloqot samarali yakunlandi.

Axborot xizmati