Yubiley muborak!

Bugun Nazrilla Nabievich Ibragimov 70 yoshga to‘ldi.
Nazrilla Ibragimov 1949 yil 15 noyabrda Toshkent shahrida ziyolilar oilasida dunyoga keldi. O‘z mehnat faoliyatini 1965 yil O‘zqishloqxo‘jaliktexnika korxonasida chilangarlikdan boshladi.
Nazrilla Ibragimov 1967 yildan buyon Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida faoliyat ko‘rsatib kelmoqda. Institutda dastlab laborant, keyinchalik dekan o‘rinbosari vazifalarida mehnat qildi.
Moskva temir yo‘l muhandislari institutida nomzodlik dissertatsiyasini muvaffaqiyatli himoya qilgan, Nazrilla Nabievich, institutda ilmiy xodim, Yuk tashish va tijorat ishlarini tashkil qilish kafedrasi dotsenti vazifalarida mehnat faoliyatini davom ettirdi.
1992-1995 yillar mobaynida Butunittifoq temir yo‘llar ilmiy tadqiqot instituti doktoranturasida tahsil olib, doktorlik dissertatsiyasini himoya qildi.
1995-1998 yillarda Yuk tashish va tijorat ishlarini tashkil qilish kafedrasi katta ilmiy xodimi, 1998-2011 yillar davomida Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti ilmiy ishlar bo‘yicha prorektori vazifalarida ishlab, institutning ilmiy saloxiyatini oshirish, yangi ilmiy yunalishlarni ochishda o‘zining katta hissasini qo‘shdi.
Ulkan tajriba va pedagogik mahorat egasi Nazrilla Ibragimov 2011-2015 yillarda Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti kadrlar malakasini oshirish, qayta tayyorlash yo‘l markazi rahbari lavozimida mehnat qildi.
Ayni kunlarda Nazrilla Ibragimov Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti Transport logistikasi va servis kafedrasi professori lavozimida ishlab kelmoqda.
Nazrilla Ibragimov mehnat faoliyati davomida 70 dan ortiq o‘quv, ilmiy va ilmiy-uslubiy ishlamalar, jumladan: 1 ta monografiya, 1 ta darslik, 1 ta o‘quv qo‘llanma, 55 ta ilmiy va 10 ta o‘quv-uslubiy ishlarni chop ettirdi. 3 ta ixtiroga patent muallifi sanaladi.
Professor Nazrilla Ibragimov rahbarligida Davlat grantlari va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ buyurtmasi bo‘yicha halqaro grant loyihasi va xo‘jalik shartnomasi asosida ilmiy-tadqiqot ishlari bajarib kelingan.
So‘nggi yillarda professor Nazrilla Ibragimov rahbarligida 4 nafar ilmiy izlanuvchilar aspirantura va doktoranturada tahsil oldilar.
Nazrilla Nabievichni yubileyi bilan samimiy qutlab, jamoani yuragi ekanliklarini ta’kidlagan holda, chin ko‘ngildan sog‘liq, kuch va ishonch tark etmasligini va ishlarida ulkan omad tilaymiz!

Axborot xizmati.