»Zebolar bahsi-2019»ko‘rik tanlovi g‘oliblari aniqlandi

2019 yil 5 noyabr kuni Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida »Zebolar bahsi-2019»ko‘rik tanlovining saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Har bir fakultetdan to‘rt nafar talaba qiz o‘zaro bellashdilar. Yakuniy baholash natijalariga ko‘ra »Tashishni tashkil etish va transport logistikasi» fakulteti talabasi Karimova Maftuna 157 ball bilan mutloq g‘oliblikni qo‘lga kiritdi.

1. Mutloq g‘olib: »Tashishni tashkil etish va transport logistikasi» fakulteti talabasi Karimova Maftuna-157 ball.
2. Eng zukko ishtirokchi: »Iqtisodiyot» fakulteti talabasi Olimova Nazira -155 ball.
3. Muxlislar mehrini qozongan ishtirokchi: »Qurilish» fakulteti talabasi Nurmurotova O‘g‘iloy -150 ball.
4. Eng nazokatli ishtirokchi: »Elektromexanika» fakulteti talabasi Ishbutaeva Mexriniso -143 ball.

Ishtirokchilar O‘zbekiston qizil yarim oy temir yo‘l mintaqaviy tashkiloti va institut kasaba uyushmasining esdalik sovg‘alari bilan taqdirlandilar.

 

Manba: Institut Xotin-qizlar qo‘mitasi axboroti