“O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” mavzusida tanlov

Talabalar o‘rtasida “O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” mavzusida “Eng yaxshi maqola” nominatsiyasidagi tanlovi bo‘lib o‘tmoqda.

Tanlovga taqdim etiladigan ijodiy ishlar quyidagi mezonlarda baholanadi:
– mavzuning mazmun-mohiyati to‘laqonli ochib berilganligi;
– ijodiy ishlarning stilistik va gramatik jihatdan to‘g‘ri yozilganligi;
– mavzuni yoritishda adabiyotlardan foydalanganlik darajasi va tahliliy yondashuvlar, mustaqil fikrlarning aniq bildirilganligi;
– mavzuni yoritishga o‘ziga xos ijodkorlik xususiyatlari ifoda etilganligi;
– mavzuni yoritishda hayotiy misollardan keng foydalanilganligi;
– mavzuga oid dolzarb masalalar, ularning echimlari to‘g‘risida takliflar keltirilganligi;
– ijodiy ishlar hajmi 8-10 betdan kam bo‘lmasligi;
– ijodiy ishlarda kalit so‘zlar, o‘zbekcha, ruscha va inglizcha annotatsiyalarning mavjudligi.

Tanlovga taqdim etiladigan ijodiy ish (o‘zbek, rus yoki ingliz tillarida) kompьyuter Word dasturida, Times New Roman 14 shriftida, 1 intervalda, chapdan 30 mm, o‘ngdan 15 mm, yuqori va pastdan 25 mm joy qoldirgan holda yozilgan bo‘lishi hamda matnlar ilmiy, texnik, stilistik tahrir qilingan bo‘lishi shart. Yozma materiallarning 1-nusxasida o‘qish joyi, fakulteti, kursi va ta’lim yo‘nalishi to‘liq ko‘rsatiladi, 2-nusxasida o‘qish joyi, fakulteti, kursi va ta’lim yo‘nalishi ko‘rsatilmaydi.

Institut miqyosida 1,2,3 o‘rinni egallagan talabalar institut tomonidan maxsus diplom va qimmatbaho sovg‘alar bilan taqdirlanadi. 1- va 2-o‘rinni egallagan talabalar yakuniy Respublika bosqichida ishtirok etish huquqini qo‘lga kiritadi.
Tanlovning Respublika bosqichida g‘olib bo‘lgan talabalar quyidagi tartibda pul mablag‘lari va Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining diplomlari bilan rag‘batlantiriladi:

“O‘zbekiston yoshlari buzg‘unchi g‘oyalarga qarshi” mavzusida o‘tkaziladigan “Eng yaxshi maqola” nominatsiyasidagi ijodiy ishlar uchun:
1-o‘rin – 7 000 000 (etti million) so‘m;
2-o‘rin – 5 000 000 (besh million) so‘m;
3-o‘rin – 3 000 000 (uch million) so‘m;

Ijodiy ishlar 12 noyabrga qadar institut Yoshlar bilan ishlash, ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi tomonidan qabul qilinadi (323 xona, murojaat uchun tel: 71 2990316).