«InnoWeek.Uz» innovatsion g’oyalar haftaligi tashkil etildi

2019 yilning 28-31 oktyabr kunlari O’zbekiston Respublikasi Innovatsion rivojlanish vazirligi tomonidan «O’zekspomarkaz» milliy ko’rgazmalar majmuasida har yili o`tkazib kelinadigan “InnoWeek.Uz” innovatsion g’oyalar haftaligi tashkil etildi.

Ushbu yarmarka mahalliy va xorijiy ilmiy – innovatsion markazlar, investitsiya fondlari, texnologiya agentliklari, texnoparklar va biznes-inkubatorlarning mahsulotlari namoyish etilgan noyob maydonchadir. «InnoWeek.uz» bu yangi innovatsion texnologiyalar bilan tanishish uchun ajoyib imkoniyatdir.

Taklif etilganlarning ro’yxatida Toshkent temir yo’l muhandislari instituti ham mavjud edi. Toshkent temir yo’l muhandislari institutining Dr-1, Dr-2 va Dr-3 («Dronlarni loyhalash va ekspluatatsiya qilish» yo’nalishi) guruh talabalari, guruh murabbiylari va o’qituvchilar bilan birga yarmarkaga tashrif buyurishdi.

Lflight Technology Co Ltd. (DJI) ning rasmiy distribyutori bo’lgan “Samo mexanikasi” (Skymec) kompaniyasi va uchuvchisiz (DJI) yechimlarining eng katta integratori hisoblanib har yili o’tkaziladigan yarmarkada o’zining mahsulotlarini namoyish qildi.  Kompaniya turli sohalar tog’-kon va neft-gaz sanoatidan to qishloq xo’jaligi sanoatigacha o`zining noyob yechimini taklif etib kelmoqda.

Ushbu tadbirlar juda foydali bo`lib, sababi hozirda uchuvchisiz uchish apparatlari (dronlar) sanoati istiqbolli sanoatlardan biri hisoblanadi.

Bunda asosiy ustunlik sifatida – qo`yilgan vazifani bajarishda inson ishtirok etish omilini kamaytirish hisoblanib, bu ayniqsa inson hayoti uchun xavfli bo’lgan vazifalarni bajarishda aks etadi.

 

Kurbanov J.F.

Yaronova N.V.

Mirsagdiyev O.A.