O‘zbek tili qadimiy va boy til

29 oktabr kuni «Tillar» kafedrasi tashabbusi bilan, talaba-yoshlarni o‘zbek adabiy tilining tarixi va buguni, hozirgi kunda imlo xatolarisiz, fikrni go‘zal tarzda ifoda etish, o‘zbek tilining mukammalligini va boyligini ko‘rsatish, qadimiy va boy til ekanligini targ‘ib qilish maqsadida adabiyot kechasi tashkillashtirildi.

Tadbirga adabiyotshunos olima Mamlakat Latipova va shoira Bahor Xolbekovalar taklif etildi.

Shoira Bahor Xolbekova milliy g‘urur, milliy urf-odat, an’ana va qadriyatlar, komil inson tarbiyasi bilan bog‘liq tuyg‘u va tushunchalarni o‘z she’rlari orqali talaba yoshlarga etkazdi.

Navoiyshunos Mamlakat Latipova ko‘p yillik ilmiy ishlari va Navoiy tilini izohli lug‘atlarsiz tushunishlari yo‘lidagi sa’yi harakatlar natijalari to‘g‘risida fikrlashdi. Olima talaba yoshlar ko‘proq so‘zlarni yod olishlari kerakligi xususida tavsiyalar berdi.

Adabiy kecha qiziqarli suhbar va bahs-munozaralar bilan yakunlandi.

Manba: «Tillar» kafedrasi axboroti