Mehrjon – birdamlik va va hamjihatlik ramzi

2019 yilning 25 oktabr kuni Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida Mexrjon bayrami nishonlandi. Talabalar shaharchasi faollari tashabbusi bilan o‘tkazilib kelinayotgan an’anaviy bayram sayli – birdamlik va va hamjihatlik ramzi sifatida talabalar qalbidan joy egallagan.

Institut shaharchasida sayl uchun ko‘rilgan bayramona tayyorgarlik o‘ziga xos ahamiyat kasb etdi. Yurtimizning boy tabiiy ne’matlari ni ko‘rsatuvchi ko‘rgazmalar, talabalar o‘z hududlari an’analarini aks etuvchi milliy taomlar va xunardmand talaba-qizlarimizning qo‘l mehnatlari saylning bezagiga aylandi.

Ushbu saylning maqsadi nomoddiy madaniy merosimizni yanada keng ommalashtirish, xalqimizning madaniy hayotini targ‘ib qilish, – dedi Talabalar shaharchasi direktori Jasur Xidirov. – talaba-yoshlarda yaratuvchanlik ko‘nikmalarini shakllantirish va targ‘ib qilishda bu kabi marosimlarning o‘rni katta. Tengdoshlarining mehnati har bir yosh uchun maktab vazifasini o‘taydi.

Tadbirda so‘z olganlar ming yilliklar osha nishonlanib kelinayotgan Mehrjon bayramining mohiyati, hayotimizda tutgan o‘rni, ayniqsa, mustaqillikdan so‘ng, milliy bayram sifatida qayta ko‘z ochgani, qadr topgani xususida to‘xtalib o‘tdilar.

O‘zbekiston Prezidenti ilgari surgan 5 ta muhim tashabbus doirasida institutda faoliyat yuritayotgan sa’nat va fan to‘garaklarining targ‘iboti, sport klublarining ko‘rgazmali chiqishlari talabalarning e’tiborini tortdi. Ko‘rgazmalar va talabalarning ijodiy ishlari fakultetlar kesimida baholanib, g‘oliblar taqdirlandi.

Mexrjon bayramida dasturi doirasida o‘zbek milliy taomi – osh musobaqasi yakunlari xay’at a’zolari tomonidan baholandi. Talabalar tayyorlagan milliy taomlar bayram qatnashchilariga ulashildi.

Tadbir davomida talabalar diltortar kuy navolari hamda dildagi tabriklari bilan barcha sayl qatnashchilarini va tashrif buyurgan mehmonlarni xushnud etdilar.

Manba: Axborot xizmati.