Yangi avlod muhandislarini tayyorlash yo‘lida

Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti rektori Ma’rufjon Rasulov boshchiligidagi delegatsiya 2019 yil 21-25 oktabr kunlari Avstriya davlatining Klagenfurt shahrida o‘tkazilgan «Intellektual transport tizimlari: AKT ga asoslangan O‘zbekiston uchun yangi Magistratura dasturi” loyihasining navbatdagi seminarida ishtirok etdi.

Seminarda Gdansk Texnologiyalar universiteti professori, loyiha menejeri Maciej Sawicki, Alpen–Adria Klagenfurt universiteti olimlari Kyamakya Kyandoghere va Wojciech Kustralar, Slovakiyaning Zilina universitetidan Miroslava Mikusova, O‘zbekistondagi oliy ta’lim muassasalarining professor-o‘qituvchilari hamda O‘zbekiston Respublikasi Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining vakillari jamlandi.

Seminar ishida Ulug‘bek Isroilov loyihaning Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida bajarilishi yuzasidan taqdimot hisobotini berdi. Seminar davomida institut dotsenti Matlyuba Xodjimuhamedova loyiha tarkibiga kiritilgan «Tashish tizimlari. Oqimni rejalashtirish va boshqarish asoslari» fani bo‘yicha yaratilgan videodarslar bilan tanishtirdi.

Loyiha doirasida ToshTYMI delegatsiyasi a’zolari Klagenfurt universitetining professor-o‘qituvchilari va talabalari ishtirokidagi ilmiy seminarlarda moderatorlik vazifasini bajardi. Temir yo‘llarning o‘tkazish qobiliyatini oshirish usullari (moderator – Ma’rufjon Rasulov), Yuk vagonlari detallari buzilishining texnik muammolarini asoslash va ularni bartaraf etish usullari (moderator – Yodgor Ruzmetov), Yarimevklid fazolarning geometriyasi (moderator – Abdullaaziz Ortiqboev), Intermodal tashishlarni tashkil etishda innovatsion texnologiyalar (mederator – Matlyuba Xodjimuhamedova) va Elektr transporti asinxron tortuv dvigateli xolatini spektral taxlil kilish uchun tok datchigi (moderator – Ulug‘bek Israilov) mavzusidagi ma’ruzalar katta qiziqish bilan tinglandi va davomli munozaralarga asos bo‘ldi.


Seminar natijalari sertifikat bilan rasmiylashtirildi.
Tashrif davomida Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti va Klagenfurt universiteti o’rtasida O’zaro anglashuv haqidagi memorandum imzolandi.

ma’lumot uchun:
Loyihaning asosiy maqsadi: Intellektual transport tizimi (ITT) yangi avlod muhandislarini tayyorlash uchun infratuzilma va tizim yaratishdan iborat bo‘lib, bu yangi avlod muhandislari O‘zbekistonda davlat boshqaruvi organlari, sanoat va xususiy iste’molning mahalliy va mintaqaviy transport muammolarini yechishga qodir bo‘lishadi.

Loyihaning asosiy vazifalari:
• Intellektual transport tizimi (ITT) bo‘yicha yangi magistratura dasturini ishlab chiqish.
• O‘zbekistonning oliy o‘quv yurtlarining ITT bo‘yicha potentsialini oshirish.
• O‘zbekistonning 6 ta oliy o‘quv yurtlari AKT bazasida ITT laboratoriyalarini yaratish.
• oliy o‘quv yurtlar va jamoat tashkilotlari /muassasalari/ korxonalari o‘rtasida aloqalarni o‘rnatish.

Loyihadan kutilayotgan asosiy natijalar:
• O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlari uchun ITT sohasida yangi magistratura dasturini yaratish;
• O‘zbekiston oliy o‘quv yurtlariuchun Evropa Ittifoqi standartlariga javob beradigan 12 ta kursdan iborat fanlar o‘quv majmuasini ishlab chiqish;
• ITT sohasida tajribalar o‘tkazish uchun zarur zamonaviy vositalar bilan jihozlangan 6 ta o‘quv-tajriba laboratoriyalarini ochish.

Manba: Xalqaro alqolar bo‘limi axboroti.