Talaba Ollayor Nazirov xalqaro tashkilot e’tirofida

17 oktabr kuni Toshkentda 30 dan oshiq tashkilotlar, ilmiy markazlar vakillari ishtirokida Butunjahon oziq-ovqat kuniga bag‘ishlangan «Sog‘lom ovqatlanish: kelajagimiz o‘z qo‘limizda» shiori doirasida birinchi bor Butunjahon oziq-ovqat kuni nishonlandi.
Birlashgan Millatlarning Oziq-ovqat va qishloq xo‘jaligi tashkiloti (FAO)ning O‘zbekistondagi vakolatxonasi rahbarligida bo‘lib o‘tgan tadbir doirasida qishloq xo‘jaligi mahsulotlari, sog‘lom ovqatlanish va agrolandshaftlarga bag‘ishlangan foto ko‘rgazma tashkil etildi.
FAO vakolatxonasi tomonidan e’lon qilingan fotosuratlar tanlovida Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti TF-297 gurux talabasi Ollayor Nazirov agrolandshaft yo‘nalishida birinchi o‘rinni egalladi.
Ollayor Nazirovni xalqaro e’tirof va g‘oliblik bilan qutlaymiz
E’tiboringizga Ollayor Nazirovga g‘oliblik keltirgan fotosuratlarini havola etamiz.

Manba: Axborot xizmati