Rossiya transport universiteti professori Valentin Kiselev tashrif buyurdi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi PQ-3775 qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash hamda “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ raisi o‘rinbosarining 2018 yil 13 noyabrdagi “Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti ilmiy salohiyati va ta’lim sifatini oshirish to‘g‘risida”gi 2026-NZ sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash va institut professor-o‘qituvchilari, talabalari hamda mutaxassislarning malakalarini oshirish, shuningdek zamonaviy o‘quv-moddiy texnik bazalar bilan yaqindan tanishtirish uchun Rossiya transport universiteti (MIIT) “Elektropoezdlar va lokomotivlar” kafedrasi professori, t.f.n. Valentin Kiselev tashrif buyurdi.
Tashrif davomida institutning “Vagonlar va vagon xo‘jaligi” kafedrasi tavsiyasiga ko‘ra 1-21 oktabr kunlari ma’ruza va ilmiy seminar tashkil etilmoqda.

qo‘shimcha ma’lumot uchun: 712990309, 712990440, 712990681

Manba: “Vagonlar va vagon xo‘jaligi” kafedrasi axboroti