Ma’naviy tarbiyadagi hamkorlik

Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti psixologi Ra’no Baratova Toshkent moliya institutida o‘tkazilgan “Yoshlarda ma’naviy axloqiy sifatlarni shakllantirishning psixologik jihatlari” mavzusidagi ma’naviy-ma’rifiy tadbirda mahorat darsini o‘tadi.

 

tashiit

 

Mamlakatimizda amalga oshirilayotgan islohotlar ta’lim va tarbiyaga e’tiborning kuchaytirilishi bilan yanada mustahkamlangan. Yurtimiz ravnaqi, yoshlarni, xususan talabalarning bilimli, har jihatdan barkamol bo‘lib ulg‘ayishida, jamiyatimizning ma’naviy-ma’rifiy jihatdan yuksalishida psixologik tarbiyaning o‘z o‘rni bor.


Ma’naviy tadbirda institut psixologi Ra’no Baratova so‘zga chiqib, iroda, maqsad, soflik va xarakter haqida so‘z yuritdi. Agar insonni irodasi sof, maqsad sari fidokorona yo‘nalgan va o‘zida okean quyunini mujassamlashtira olgan bo‘lsa, bunday iroda ko‘p narsaga qodir, u daxshatli kuchga ega, unga deyarli chegara yo‘q” degan fikrlarni ilgari surdi
Ra’no Baratova muammolarni yengish bo‘yicha talabalar o‘rtasida trening o‘tkazdi.

Manba: Axborot xizmati