Innovatsion fikrlashni shakllantirish yo‘lida

“Ko‘priklar va tonnellar” kafedrasi magistr talabalar bilan “Transport inshootlarini loyihalash va qurish” fanidan ma’ruza va amaliyot darslarini qurilish ob’ektida tashkillashtirdi.


Sayyor mashg‘ulotning maqsadi talabalarda innovatsion fikrlashni faollashtirishga qaratildi.
Toshkent shahrida qurilayotgan Maxtumquli va Ohangaron ko‘chalari kesishmasidagi zamonaviy 3-qavatli ko‘prik (transport echimi) qurilish ishlari amaliyot mashg‘ulotining tadqiqot predmeti sifatida taxlil qilindi. Ochiq darsni “Ko‘priklar va tonnellar” kafedrasi mudiri U.Z. Shermuxamedov va “13-Ko‘prikqurilish” otryadi etakchi mutaxassislari olib bordilar.


Magistrantlar bilan loyiha va qurilish bo‘yicha yuzaga kelayotgan muammolarni yechish masalalari yuzasidan fikr-mulohazalar almashishdi.

Manba:“Ko‘priklar va tonnellar” kafedrasi axboroti