Birinchi tashabbus yoshlarning iste’dodini yuzaga chiqarishga hizmat qiladi

Joriy yilning 10 oktabr kuni institut talabalar uyida Birinchi tashabbus yoshlarning musiqa, rassomlik, adabiyot, teatr va san’atning boshqa turlariga qiziqishlarini oshirishga, iste’dodini yuzaga chiqarishga bag‘ishlangan ma’naviy-ma’rifiy tadbir o‘tkazildi.

Tadbirda institut yoshlar bilan ishlash prorektori Dilshod Baratov ishtirok etdi.
Kecha ishtirokchilari jonli ijro, musiqiy asbobda asar ijrosi va she’rxonlik yo‘nalishida baxslashdi.
G‘olib talabalar esdalik sovg‘alar va faxriy yorliqlar bilan taqdirlandi.

Manba: Axborot xizmati.