Institut va maktab hamkorligi: muhim tashabbuslarga yangicha yondashuv

Besh tashabbusga ko‘ra yoshlarni munosib ravishda kamolga etkazish uchun ularni madaniyat va san’atga, jismoniy tarbiya va sportga jalb qilish, kompyuter texnologiyalari hamda internetdan samarali foydalanishlariga imkoniyatlar yaratish, kitobxonlikni keng targ‘ib qilish, har bir hududga badiiy, tarixiy, ilmiy, ommabop mavzulardagi kitoblar etkazib berish va boshqa xayrli ishlar bilan band etish zarur.

tashiit

Shu maqsad yo‘lida Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti Xotin-qizlar qo‘mitasi faollari 9 oktabr kuni 147 va 175 sonli umumta’lim maktablarida bo‘ldilar.

Institut professor-o‘qituvchilari o‘tkazayotgan ushbu tadbirlar «Ma’naviy tahdidlar va ularning oldinini olish», «Kitob-bilim chirog’i” mavzulariga bag‘ishlandi.

tashiit

– Yoshlar qalbiga yo‘l topish, ularni kelajagimizning munosib vorislari bo‘lib etishlariga yo‘l-yo‘riqlar ko‘rsatish, o‘z Vataniga bo‘lgan mehr-muhabbatni mustahkamlash, kitobxonlik madaniyatini yuksaltirish, ma’rifatni tarqatish har birimizning kundalik vazifamizga aylanishi lozim, – deydi Ijtimoiy-gumanitar fanlar kafedrasi dotsenti Nasiba Yunusova. – Shu boisdan o‘tkazilayotgan ushbu ma’naviy-ma’rifiy tadbirlarda yuqorida qayd etilgan insoniy fazilatlar bilan bir qatorda, so‘z va amal birligi, xalqqa xizmat qilish kabi ezgu tushunchalarning mazmun-mohiyati va ahamiyatini tushuntirishga harakat qilmoqdamiz.

tashiit

– Toshkent temir yo‘l muhandislari institutidan tashrif buyurgan mutaxassislar tomonidan o‘tkazilgan uchrashuv yoshlar uchun katta saboq bo‘ldi, – deydi Mirobod tumani Banokoti mahala xotin-qizlar bilan ishlash mutaxasisi Sh.Muhitdinova. – Yoshlarga yaratib berilayotgan shart-sharoitlardan unumli foydalanish, Prezidentimiz tomonidan ilgari surilgan 5 ta tashabbus hamda kitobga mehr qo‘yishning ahamiyati haqida tushunchalar berilganligi muhim yo‘l-yo‘riq bo‘ldi. Chunki, mazkur tadbirlar yoshlarni o‘z ustida ko‘p ishlashga, intilishga va izlanishga chorlaydi.

Institut professor-o‘qituvchilari ishtirokida joylarda sayyor o‘quv yig‘inlari, umumta’lim maktablarida targ‘ibot tadbirlari va ma’naviy-ma’rifiy uchrashuvlar davom etmoqda.

Manba: Axborot xizmati