Amerikalik olim institut talabalariga minnatdorchilik bildirdi

Fulbright muhandislik loyihasi nomzodi, falsafa doktori Samanta Chadwick tomonidan “Fulbrayt Dasturi”ning “Transport logistik menejment” xalqaro loyihasi doirasida institutda o‘quv mashg‘ulotlarini o‘tkazib kelmoqda.

Navbatdagi TTE va TL fakulteti jamoasi bilan tashkil etilgan seminar-trening amerikalik olimda katta taassurot uyg‘otdi. TTE va TL fakulteti professor o’qituvchilari SH. Suyunbayev, F.Azimov, Sh.Qayumov va I.Abdumalikovlar ishtirokida tashkil etilgan seminarda «AQSH va O’zbekiston temir yo’l tizimidagi o’zaro o’xshashlik va farqlar» mavzusi muhokama qilindi.

Mashg’ulotda ikki davlat yosh olimlarining ishtiroki va mavzuning yoritilishida zamonaviy axborot texnologiyalarning ko‘magi talabalarning faollashuviga xizmat qildi.
Amerikalik mutaxassis birinchi bosqich talabalarining bilimga chanqoqligi, xorijiy mamlakat temir yo’llarini mutaxassislardek tahlil qilishi, mulohazali savollar va ingliz tilida ravon nutqiga qaratdi va talabalarning faolligi tufayli ko‘p masalalar oydinlashganligini bildirdi.

Ayniqsa, SH. Suyunbayev bilan yuqori tezlikda harakatlanuvchi poyezdlarda harakat xavfsizligini ta’minlash yuzasidan bo’lgan o’zaro fikr almashinish meni yanada fikrlashga va ilmiy yo’nalishda o’zaro hamkorlik qilishga qiziqish uyg‘otdi, deydi amerikalik olim.
Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida Samanta Chadwick ishtirokidagi o‘quv mashg‘ulotlari 19 oktabrga qadar davom etadi.

Dekan o‘rinbosari F.Azimov