Janibek Kurbonovning doktorlik (DSc) dissertatsiyasiga bag‘ishlangan ilmiy seminar xususida

“Temir yo‘l transportida avtomatika, telemexanika va telekommunikatsiya texnologiyalari” kafedrasi izlanuvchisi Kurbonov Janibek Fayzullaevichning 05.08.03 – “Temir yo‘ltransportini ishlatish” ixtisosligi bo‘yicha tayyorlangan “Temir yo‘l transporti avtomatlashtirish tizimida xatoliklarni bartaraf etishda usul va qurilmalarni takomillashtirish” mavzuidagi doktorlik (DSc) dissertatsiyasini dastlabki ekspertizadan o‘tkazishga bag‘ishlangan kafedralararo birlashgan ilmiy seminar bo‘lib o‘tadi.
Seminar 2019 yil 23-sentabr soat 14:30 da 490-auditoriyada boshlanadi.