Dilshod Baratov: dolzarb masalalar ochiq muloqotlarda yechim topadi

Bugun, 20 sentabr kuni Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti faollar zalida Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi va ichki ishlar xodimlar ishtirokida xonadonlarda ijarada yashayotgan talabalar muammolarining yechimiga bag’ishlangan ochiq muloqot o’tkazildi.

Hech kimga sir emaski, oliy ta’lim muassasalarida tahsil olayotgan talabalarning ko‘pchiligi turarjoyga muhtoj. Ushbu masalada institutning mavjud imkoniyatlardan samarali foydalanish, qisqa fursatda talabalarning yashash manzillariga aniqlik kiritish va manzilli joylashishiga ko‘maklashish maqsadida ishchi guruh faoliyat olib bormoqda.

tashiit

Institut talabalar turar joylari 1300 o‘ringa mo‘ljallangani bois, talabalar shahar hududdagi mahallalarda ijara asosida yashab kelmoqdalar. Bu esa aholi xonadonlarida ijarada yashayotgan talabalarni vaqtincha ro‘yxatga qo‘yishda, talabalarning aholi xonadonlari bilan ijara shartnomasi tuzishda qiyinchiliklar vujudga kelib, ro‘yxatga turish bilan bog‘liq turli tushunmovchiliklarning kelib chiqishiga sabab bo‘lmoqda.

tashiit

Tadbirda Toshkent shahar Davlat soliq boshqarmasi bo‘lim boshlig‘i Shoxobiddin Kamolov ijara shartnomasi yuzasidan batafsil ma’lumot berdi. Ijara beruvchi va oluvchining huquq va majburiyatlariga to‘xtalib, ijaraga olish vaqtida ijara muddati, ijara to‘lovi miqdori, to‘lash tartibi, shartlari va muddati, shuningdek, xona va uning jixozlarini saqlash bo‘yicha tomonlarning majburiyatlarini kelishib olish shartligi uqtirildi.

tashiit

Xonadonlarda ijarada yashayotgan talabalarni mavjud muammolarning ochiq va konstruktiv muhokamasida Mirobod tuman Ichki ishlar xodimlari Ayxodja Xojiev va Akmal Kushakovlar faol ishtirok etdi.

tashiit

Talabalar maxalla profilaktika inspektorlarining amaliy va xuquqiy yordam ko‘rsatish yuzasidan rejalariga ham qiziqish bildirishdi.

Manba: Axborot xizmati