“Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi xorijiy mutaxassis ishtirokidagi o‘quv mashg‘ulotlariga taklif etadi

PQ-2909-son qarorida belgilangan oliy ta’lim muassasalariga xorijiy mutaxassislarni jalb etish, «O‘zbekiston temir yo‘llari» AJ boshqaruvining 2019 yil 15 maydagi NZK/3112-19-sonli xati ijrosini ta’minlash hamda institut professor-o‘qituvchilari, talabalari hamda mutaxassislarning malakalarini oshirish, shuningdek zamonaviy o‘quv – moddiy texnik bazalar bilan yaqindan tanishtirish maqsadida AQShning “Fulbrayt” dasturi doirasida fan doktori Samanta Chadvik tomonidan 2019 yil 17 sentyabrdan 19 oktyabrga qadar “TRANSPORT LOGISTIK MENEJMENT” xalqaro loyihasi asosida o‘quv mashg‘ulotlari o‘tkazadi. Barcha professor-o‘qituvchi va talabalar taklif etiladi.
Qo‘shimcha ma’lumotlarni “Iqtisodiyot va menejment” kafedrasi yoki 712990365, 712990538, 712990428 telefon raqamlari orqali olishingiz mumkin.