Oliy matematika kafedrasi ilmiy-uslubiy seminarga taklif etadi

Oliy matematika kafedrasi o’quv yili davomida haftaning har seshanba kuni soat 11:00 da 307-auditoriyada ilmiy-uslubiy seminar o’tkazadi.
Seminarda matematika sohasidagi ilmiy yutuqlar, olib borilayotgan tadqiqotlar, hamda professor-o’qituvchilarning ilmiy izlanishlari xususidagi fikr-mulohazalar va ma’ruzalar tinglanadi. Seminar ishiga professor A.Artikbayev rahbarlik qiladi.
2019 yil 10 sentyab kuni O’zMU doktoranti A.S.Sharipov doktorlik dissertatsiyasi muhokamasi yuzasidan «Gruppa izometriy sloenыx mnogoobraziy» mavzusi bo’yicha ma’ruza qiladi. Matematik tadqiqotlarga qiziqqan barcha taklif etiladi.