Ochiq muloqotlar haftaligi

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida ochiq muloqotlar o‘tkazish orqali birinchi kurs talabalarining fikri, qiziqishi va intilishlarini o‘rganish, xohish-istagini eshitish, yotoqxona va ijara uylarga joylashuviga ko‘mak berish, sport to‘garaklariga jalb qilish, kitobxonlik madaniyatini shakllantirishga e’tibor qaratilmoqda.
Talabalarining muammolarini o‘rganish va ularni institutga moslashishiga ko‘mak berish maqsadida tashkil etilgan xaftalik doirasida institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Dilshod Baratov birinchi kurs talabalari bilan uchrashdi.
Prorektor Dilshod Baratov talabalarni institutga muvaffaqiyatli qabul qilinganligi bilan tabrikladi. “Yoshlar ittifoqi” BT, Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi, Xotin-qizlar qo‘mitasi, ARM, Kasaba uyushmasi, Iqtidorli talabalar bilan ishla bo‘limi, Sport majmuasi, Talabalar shaharchasi kabi institut tarkibiy tuzilmalari talaba-yoshlarning o‘quv jarayonini faol boshlashlari uchun amaliy ishlarni olib bormoqdaligini bildirdi. Birinchi kurs talabalariga akademik taqvim, institut resurslaridan foydalanish qoidalari, ichki qoidalar, martaba yo’nalishlari, shaxsiy va kasbiy rivojlanish imkoniyatlari va boshqalar haqida batafsil ma’lumotlar taqdim etdi.
Uchrashuv davomida tadbir ishtirokchilari institut faoliyati va bevosita birinchi kurs muammolari bilan bog‘liq savollarga prorektordan batafsil javob oldi. Shuningdek, muammolar echimini tezroq hal qilish va talabalarning axborot bilan ta’minlash maqsadida tashkil etilgan https://t.me/ttymi_online telegramm kanali xususida to‘xtalib o‘tdi.

Institut matbuot xizmati