Institut rektori Ma’rufjon Rasulov nufuzli tanlovda ishtirok etmoqda

Rossiya Federatsiyasining Moskva shahrida “Universitetskaya kniga-2019” xalqaro kitob tanlovi-yarmarkasi davom etmoqda.
Ko‘rgazmada Rossiya, Xitoy, Turkiya, Polsha, Belgiya, Ozarbayjon, Latviya, Ukraina, Armaniston kabi mamlakatlardan jami 90 dan ortiq vakillar, jumladan, O‘zbekistondan Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti rektori Ma’rufjon Rasulov ishtirok etmoqda.
Mazkur nufuzli tadbir kitobxonlikni ommalashtirish, oliy ta’lim muassasalari o‘rtasida ilmiy adabiyotlar almashinuvini ta’minlash, ilmiy va darslik kitob savdosi bilan shug‘ullanadigan tashkilotlarning o‘zaro hamkorligini mustahkamlash, jahon noshirlik va poligrafiya sanoati tajribasini o‘rganish etakchi nashriyotlarning eng yaxshi zamonaviy kitoblar to‘plamini o‘quvchilar va xaridorlarga etkazish, kitob mahsulotlarini yangi texnologiyalar asosida ishlab chiqarish va tarqatishga doir istiqbolli vazifalarni belgilash hamda xalqaro madaniy aloqalarni rivojlantirishga xizmat qiladi.

Institut matbuot xizmati