Tabriknoma

Aziz talabalar, muhtaram professor-o‘qituvchilar, hamkasblar! O‘quv yili taqvimiga hamnafas bo‘lgan barcha insonlar! Bizning Yangi yil – hayajonli va yorqin bayram tashrif buyurdi. Yangi yutuqlar va g‘alabalar sari yo‘l ochib beradigan yangi g‘oyalar va umidlar pallasi boshlandi.

2019 yilda birinchi kursga qadam qo‘yganlarni chin dildan tabriklayman! Zero, sizning ezgu niyatingiz ro‘yobga chiqdi – Siz Toshkent temir yo‘llari instituti talabalariga aylandingiz. Biroq bu faqat boshlanishi, dastlabki qadam, kelgusida juda ko‘p, mashaqqatli cho‘qqilar turibdi. Ularni zabt etishdek ulug‘ yo‘lda sizlarga muvaffaqiyat yor bo‘lsin.

Navbatdagi kurslarda ta’limni davom ettirayotgan talabalar ham boshlagan ishlarini munosib yakuniga etkazishadi degan umiddaman. Ayniqsa, zimmasida diplom va bitiruv malakaviy ishini himoya qilishdek katta mas’uliyat turganlarni esa alohida qo‘llab-quvvatlashni istardim.

Va albatta bizning qadrli pedagoglarimiz, o‘qituvchilarimizga alohida tabriklarim armug‘ondir! O‘chmas ishtiyoqingiz, kuch-g‘ayratingiz, kasbga va talabalarga bo‘lgan ulkan mehr-muhabbatingiz uchun sizlardan minnatdorman. Katta rahmat. Bugungi zamonaviy hayot o‘zining tezkorligi va texnologiyalari bilan sizdan doimiy yangilanish, jumladan, ta’lim yo‘lida tinmay izlanishni talab etmoqda. Qonunchilik bazasi va shunga uyg‘un tarzda o‘quv jarayoni, uni tashkil etish, o‘tkazish tarzi takomillashmoqda, pirovard natijaga bo‘lgan talab kuchaymoqda. Bizga ishlab chiqarish jarayoniga faol kirishib ketadigan, xushmuomala, keng dunyoqarashga ega, yaratuvchanlik va bunyodkorlik hayotiga jismonan va ruhan tayyor bo‘lgan professional kadrlar kerak. Zotan, oliy ma’lumotli inson – xalq umidi va faxru iftixoridir, bu hurmat va mas’uliyat deganidir. Bizga qarashadi, bizdan kelib chiqib mo‘ljalni olishadi. Buni hech qachon unutmang.

Talabalarimiz, professor-o‘qituvchilarimizni Bilimlar kuni va yangi o‘quv yili boshlanishi bilan yana bir bor chin yurakdan muborakbod etaman. Yangi bilimlar va yangi g‘alabalar sari olg‘a!

Ma’rufjon Rasulov                                                                                                                                                               Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti rektori