2019-2020 o‘quv yili oldidan seminar tashkil etildi

Bugun institut majlislar zalida guruh murabbiylari va tarbiyachi – pedagoglar uchun seminar tashkil etildi. Institut murabbiylar kengashi raisi Feruza Mamurova seminarni kirish so‘zi bilan ochib, Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligida murabbiylar uchun tashkil etilgan anjuman natijalari xaqida fikr yuritdi.

Seminarda ijaradagi xonadonlarda yashaydigan talabalar uchun o‘quv yiliga mo‘ljallangan rejani ishlab chiqish va ular ro‘yxati bo‘yicha elektron bazani shakllantirish yuzasidan tavsiyalar berildi.


Murabbiyning 2019 – 2020 o‘quv yili uchun zarur me’yoriy xujjatlarini tayyorlash, barcha yo‘nalishlarda rejalarni tuzish, guruh jurnallarini yuritish tartiblari bo‘yicha ko‘rsatmalar berildi.
Malakali murabbiylar seminar qatnashchilariga «Ustoz – shogird» an’analarini davom ettirish, tarbiyachi o‘z kasbiga vijdonan yondashish borasidagi fikr va mulohazalar bilan o‘rtoqlashdi.


Joriy o‘quv yilida murabbiylik faoliyatining asosiy yo‘nalishlari sifatida axborot, tashkiliy, tarbiyaviy va nazoratyo‘nalishlariga e’tibor qaratish shartligi uqtirildi.
Talaba-yoshlarning etuk ma’naviyatli va ma’rifatli, o‘z kasbining mohir mutaxassislari etib tarbiyalashda akademik guruhlarda ish olib boruvchi murabbiylarning o‘rni beqiyosligi ta’kidlandi.

Institut matbuot xizmati