Institut rektori Ma’rufjon Rasulovning bayram tabrigi

Hurmatli hamkasblar va aziz talabalar!

Barchangizni xalqimizning buyuk bayrami – mustaqilligimizning 28 yilligi bilan tabriklayman. Istiqlol tufayli yurtimiz jadal sur’atlar bilan rivojlanib,   kuch-qudrati va salohiyati barqaror yuksalib borayotgan mamlakatga aylandi.   Bularning barchasi  Sizlar va xalqimizning qahramonona mehnati evaziga amalga oshirilmoqda.

Temir yo‘l tizimining rivojlanishida,   ilmiy kashfiyotlarning tug‘ilishida,   institutda ta’lim olayotgan har bir yoshning va institut professor-o‘qituvchilarining o‘rni bor.  Bayram arafasida jamoaga qayta zamonaviy asbob-uskunalar bilan jihozlangan binoning topishirilishi o‘quv jarayonining yanada samarador bo‘lishiga zamin yaratadi,  degan umiddaman.

Sizlarni  istiqlol bayrami bilan yana bir bor tabriklab,  tuganmas g‘ayrat-shijoat,  oldingizga qo‘ygan maqsadlarga erishishingizda oilaviy birdamlik,  farovonlik va ravnaq tilayman.