Institut kasaba uyushmasi a’zolarining hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi

Bugun institut majlislar zalida 2019 yil I-yarim yillikda “Jamoa shartnomasi” majburiyatlarining bajarilishi va kasaba uyushmasi qo‘mitasining faoliyatiga bag‘ishlangan hisobot yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi. Yig‘ilishda kasaba uyushma faollari, institut rahbarlari, professor-o‘qituvchilar va xodimlar ishtirok etdilar.

Yig‘ilishda kasaba uyushmasi raisi I.Xolboevning jamoa shartnomasiga ko‘ra uyushma tomonidan 2019 yil birinchi yarim yilligida amalga oshirilgan ishlar haqida hisoboti tinglandi. O‘z hisobotida u amaldagi jamoa shartnomasi majburiyatlarining bajarilishi bo‘yicha qator chora-tadbirlar amalga oshirilgani, ya’ni uyushma iqtisodiy imkoniyatlaridan kelib chiqqan holda institut jamoasini, ayniqsa ayollarni, xodimlar farzandlarini, nafaqaxo‘rlarni, nogironlarni ijtimoiy-iqtisodiy manfaatlarini himoyalash, sog‘lomlashtirish, moliyaviy rag‘bat kabi masalalarda ko‘mak berilganligini ta’kidladi.

Berilgan hisobot yuzasidan institut yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor Dilshod Baratovning ma’lumoti tinglandi. Institut kasaba uyushma qo‘mitasi tomonidan olib borilgan ishlar ijobiy baholanib uyushma ko‘mitasi a’zolariga minnatdorlik bildirdilar va kelasi ishlarida muvaffvqiyat tiladilar.

Institut matbuot xizmati