Ezgu an’ana davom etmoqda

Xalqimiz azaldan bayramlarni, qutlug’ kunlarni o‘zgacha tayyorgarlik bilan qarshilaydi. Avvalo, ko‘cha va guzarlarni, hovlilarni tartibga keltirib, tozalik va orastalikni bosh masala qilib qo‘yadi. Kun sayin yaqinlashayotgan ulug’ ayyom – Mustaqilligimizning 28 yilligi arafasida tashkil qilingan umumxalq hashari butun Respublikamiz bo‘ylab uyushqoqlik bilan o‘tkazildi.
Institutimiz jamoasi ham bu galgi hasharga o‘zgacha kayfiyatda yetib kelishdi.
Institut atrofi, ichki taraflari yanada obodonlashtirildi. Xususan, hashar kunlarida ariq va zovurlar tozalandi, chiqindilar tashkiliy ravishda chiqarib tashlandi. Daraxtlar oqlanib, gullar begona o‘tlardan tozalandi. Har bir fakultetlar o‘ziga ajratilgan hududlarni obodonlashtirib, institutimiz ko‘rkiga ko‘rk qo‘shmoqda.