Bo‘lajak temiryo‘lchilarga diplom topshirildi

2019 yil 4 iyul kuni Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida magistr va bakalavrlarga bitiruv diplomlari topshirildi.

2019 yilning 4 iyul kuni “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati rahbarlari ishtirokida Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida magistr va bakalavrlarga diplom topshirishga bag‘ishlangan yig‘ilish bo‘lib o‘tdi.
Unda “O‘zbekiston temir yo‘llari” aksiyadorlik jamiyati rahbariyati, jamoatchilik vakillari, bitiruvchilarning ota-onalari, yaqinlari ishtirok etdi.
Marosimda institut rektori Ma’rufjon Rasulov bitiruvchilarga muvaffaqiyat tilab nutq so‘zladi va yig‘ilganlarni hayotlaridagi muhim bosqich yakunlanayotganligi bilan tabriklab, kasbiy sohalarida omadlar tiladi. Eng yaxshi bakalavr va magistrlarga imtiyozli diplomlar topshirildi.
Bitiruvchilar institut rahbariyatiga, professor va ustozlariga ta’lim-tarbiya va bilim olish uchun yaratilgan sharoitlar uchun minnaddorchilik bildirdilar hamda o‘zlarining barcha kuch va orttirilgan bilimlarini mustaqil O‘zbekiston rivoji uchun qo‘llashga ahd qildilar.
Bu yil 15 ta mutaxassislik bo‘yicha 80 nafar talabaga magistrlik va 20 ta mutaxassislik bo‘yicha 1013 nafar talabaga bakalavr diplomi hamda institut esdalik ko‘krak nishoni berildi.

Institut matbuot xizmati