Besh tashabbus samarasi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti Shavkat Mirziyoev raisligida 19 mart kuni yoshlarga e’tiborni kuchaytirish, ularni madaniyat, san’at, jismoniy tarbiya va sportga keng jalb etish, ularda axborot texnologiyalaridan foydalanish ko‘nikmalarini shakllantirish, yoshlar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish, xotin-qizlar bandligini oshirish masalalariga bag‘ishlangan videoselektor yig‘ilishi bo‘lib o‘tdi.

Mamlakatimiz aholisining 30 foizini 14 dan 30 yoshgacha bo‘lgan yigit-qizlar tashkil etadi. Ularning ta’lim olishi, kasb-hunar egallashi uchun keng sharoit yaratilgan. Shu bilan birga, yoshlarning bo‘sh vaqtini mazmunli o‘tkazishni tashkil etish dolzarb masala hisoblanadi. Yoshlar qanchalik ma’naviy barkamol bo‘lsa, turli yot illatlarga qarshi immuniteti ham shunchalik kuchli bo‘ladi.


Ma’lumki, davlatimiz rahbari ijtimoiy, ma’naviy-ma’rifiy sohalardagi ishlarni yangi tizim asosida yo‘lga qo‘yish bo‘yicha 5 ta muhim tashabbusni ilgari surgan edi.


Institut Murabbiylar Kengashi Elektromexanika fakulteti murabbiylari bilan hamkorlikda uchinchi tashabbus – aholi va yoshlar o‘rtasida kompьyuter texnologiyalari va internetdan samarali foydalanishni tashkil etish hamda to‘rtinchi tashabbus – yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, shuningdek, talabalar o‘rtasida kitobxonlikni targ‘ib qilish maqsadida «Zukko fizik» tadbirini o‘tkazdi.

Zukkolar bellashuvini «Fizika» kafedrasi professor-o‘qituvchilaridan B.Mirsalixov, M.Yu.Mansurovalar baholab bordilar. Kuzatuvchi sifatida Ma’naviyat va ma’rifat bo‘limi uslubchisi Sh.R.Qosimova va Iqtisodiyot fakulteti murabbiylar kengashi raisi N.U.Babaxanovalar taklif etildi. Tadbir yakunida nominatsiya asosida faxriy yorliq bilan taqdirlandi.

F.I.Ma’murova