Besh tashabbus – besh imkoniyat

Shu yilning 12 may kuni soat 12: 30 da Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining faollar zalida O‘zbekiston Respublikasi Prezidenti tomonidan ko‘tarilgan yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish va ularning bo‘sh vaqtini mazmunli tashkil etish bo‘yicha 5 ta tashabbusining ijrosini ta’minlash maqsadida institutimizda tashkil etilgan kitobxonlik tanlovlari, sport musobaqalari g‘oliblarini hamda ushbu tadbirlarda faol bo‘lgan talabalarni munosib taqdirlash maqsadida tadbir bo‘lib o‘tdi.

Tadbirni institutimizning yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori D. X. Baratov ochib berdi va professor-o‘qituvchi va talabalarni prezidentimizning 5 ta tashabbuslari haqida ma’lumot berib o‘tdilar va xammani faol bo‘lishga chorladilar. Tadbir davomida institutimizda o‘tkazilgan sport musobaqalari g‘oliblari institut rektori tomonidan Diplom hamda qimmatboxo sovg‘alar bilan taqdirlandi.

Shu bilan birga institutda talabalarni kitobxonlikka bo‘lgan qiziqishlarini oshirish hamda prezidentimizning 4-tashabbuslari “talaba-yoshlar ma’naviyatini yuksaltirish, ular o‘rtasida kitobxonlikni keng targ‘ib qilish” maqsadida talaba-yoshlar o‘rtasida “Men sevgan asar” tanlovi g‘oliblari xam munosib taqdirlandilar.

Tadbir davomida institutimiz talabalari bo‘lgan Boytimirova Maftuna va Matkarimov Shukurjonlar ijrosidagi vatanni madh etuvchi kuy-qo‘shiqlar kuylab o‘tdishdi. G‘oliblarni institutimiz bosh xisobchisi R. Urakov, institut kasaba uyuushma qo‘mitasi raisi I. A. Xolbaev hamda Tashishni tashkil etish va transport logistikasi fakulteti dekani Z. Ch. Tursunovlar taqdirladilar.