Tanlov davom etadi

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining zamonaviy, original, osonlik bilan taniladigan logotipi, soha faoliyatini aks ettiruvchi bayrog‘i va shiorini (slogan) yaratish uchun tanlov e’lon qilingan edi. Institut ramzlari o‘zida mafkuraviy va g‘oyaviy jihatlarni mujassamlashtirgan, zamonaviy ta’limning o‘ziga xos xususiyatlarini, millatimizning qadriyatlarini, temiryo‘lchilarning an’analarini qamrab olgan holda qonuniy, madaniy va estetik standartlarga mos bo‘lishi lozimligi keltirib o‘tilgan edi.

Tanlov joriy yilning 25 mayiga qadar davom etib, unga 13 nafar ishtirokchilardan – institut logotipi uchun;

2 nafar ishtirokchilardan – institut bayrog‘i uchun;

5 nafar ishtirokchilardan – institut shiorini (slogan) yaratish uchun ijodiy ishlar kelib tushdi.

Tanlovni II bosqich: ishlarni baholash bo‘yicha komissiyaning 2019 yil 06 iyun kunidagi qaroriga binoan, kelib tushgan ayrim ijodiy ishlarning tushuntirish xatlari mavjud emasligini va yuqorida ta’kidlab o‘tilgan maqsadlarni to‘laqonli o‘zida aks ettiruvchi ishlar kelib tushmaganini inobatga olgan holda, tanlov joriy yilning 31 iyul kuniga qadar davom etishi belgilandi.

Shunday ekan tanlovga qo‘yilgan shartlarni yana bir bor eslatib o‘tamiz!

Logotip va bayroq o‘zida grafik qism va tushuntirish xatini jamlashi zarur.
Logotipning grafik qismida tasvir, osonlik bilan o‘qiladigan, “Ta’lim muassasasi nomi” yozuvi original logotipni tashkil etishi va tasvir, eskiz, chizma, grafik maket hamda 3D-render shakllarida taqdim etilishi mumkin.
Tushuntirish xati ixtiyoriy shaklda bo‘lib, u taqdim etilgan institut logotipi va bayrog‘i kontseptsiyasini dizayndagi ma’naviy-mafkuraviy elementlarini talqin etish orqali aks ettirishi kerak.

Barcha materiallar tashiit_rektorat@mail.ru elektron manzili yoki @Abduvohid_Sotvoldiyev telegram messendjeri orqali qabul qilinadi. Tanlov 2 bosqichda o‘tkaziladi: I bosqich: 2019 yil 07 iyundan 31 iyulgacha – tanlov ishlari ko‘rib chiqiladi. II bosqich: 2019 yil 01 avgustdan 10 avgustgacha – ishlarni baholash. Logotip tanlovi g‘olibi eng kam ish haqining 10 barobar miqdorida, bayroq tanlovi g‘olibi eng kam ish haqining 5 barobar miqdorida, shior (slogan) tanlovi g‘olibi eng kam ish haqining 5 barobar miqdorida mukofotlanadi.
G‘olib http://www.tashiit.uz/ rasmiy saytda e’lon qilinadi.