Institutda taktik-maxsus o‘quv mashg‘ulot o‘tkazildi

O‘zbekiston Respublikasi Bosh vaziri – Fuqaro muhofazasi boshlig‘ining 2019 yil 12 yanvardagi “Aholi va hududlarni favqulodda vaziyatlardan muhofaza qilish bo‘yicha 2018 yilda bajarilgan tadbirlar yakuni va 2019 yildagi vazifalar to‘g‘risida”gi 1-sonli buyrug’i, “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ boshqaruv raisi – Fuqaro muhofazasi boshlig’i o‘rinbosarining 2019 yil 21 yanvardagi 7sp/NR-sonli buyrug’i hamda institut rektorining 2019 yilning 21-maydagi 5sp-sonli buyrug’i ijrosini ta’minlash maqsadida 29-may kuni fuqaro muhofazasi kuchlarining “Favqulodda vaziyatlar ro‘y berganda harakatlari” mavzusida taktik-maxsus o‘quv mashg‘uloti o‘tkazildi. Mashg‘ulotda professor-o‘qituvchi, ishchi-xodim va talabalar qatnashdilar.

Talabalar shaharchasida o‘tkir yuqumli kasallik tarqalganligi haqida fuqaro muhofazasi boshlig’iga ma’lumot kelib tushdi.

Fuqaro muhofazasi tuzilmalarining harakatlari:

  1. FM boshlig‘i «YIG’IN» e’lon qildi va 20 diqiqada barcha fuqaro muhofazasi shtabi a’zolari Boshqaruv punktiga (BP) yig‘ildilar va vaziyatni muhokama qildilar.
    2. FM boshlig‘i, shtab boshlig‘i o‘rinbosari F.Q. Azimovga FM tuzilmalarini boshqaruvi tashkil qilinishi haqida ko‘rsatma berdi.
  2. Institutning fuqaro muhofazasi tuzilmalari shay holatga keltirildi.
  3. Barcha tuzilma boshliqlari shtab boshlig‘i o‘rinbosariga shaxsiy tarkib o‘quv mashg‘uloti yig‘iniga to‘liq tarkibda saf tortganligi haqida ma’lumot berdi.
  4. Shtab boshlig‘i o‘rinbosari razvedka va aloqa zvenosi a’zolarini vaziyatni aniqlash hamda yotoqxona binolarida aloqani o‘rnatish uchun talabalar shaharchasida mavjud binolarga taqsimladi.

25 daqiqadan so‘ng:
– 1-yotoqxona razvedkachilarining taqdim etgan ma’lumoti asosida aloqachilar axborot berdi:
– Yotoqxonaning barcha qavat va xonalarida razvedka ishlari amalga oshirildi o‘tkir yuqumli kasalliklar bilan kasallanganlar yo‘q.
– Shtab boshlig‘i o‘rinbosari BPdan: razvedka zvenosiga holatni o‘rganish davom ettirilsin.

30 daqiqadan so‘ng:
– 2 – yotoqxona razvedkachilarining taqdim etgan ma’lumoti asosida aloqachilar axboroti:
– Yotoqxonaning barcha qavat va xonalarida razvedka ishlari amalga oshirildi. Yotoqxonaning 1-qavatida 2 kishi va 3-qavatida 1 kishi o‘tkir yuqumli kasalliklar bilan kasallanish a’lomatlari bor.
– Shtab boshlig‘i o‘rinbosari BPdan: razvedka zvenosiga holatni o‘rganish davom ettirilsin.

32 daqiqadan so‘ng:
– 3 – yotoqxona razvedkachilarining taqdim etgan ma’lumoti asosida aloqachilar axboroti:
– Yotoqxonaning barcha qavat va xonalarida razvedka ishlari amalga oshirildi, o‘tkir yuqumli kasalliklar a’lomatlari yo‘q.
– Shtab boshlig‘i o‘rinbosari BPdan: razvedka zvenosiga holatni o‘rganish davom ettirilsin.

35 daqiqadan so‘ng:
– 4 – yotoqxona razvedkachilarining taqdim etgan ma’lumoti asosida aloqachilar axboroti:
– Yotoqxonaning barcha qavat va xonalarida razvedka ishlari amalga oshirildi, o‘tkir yuqumli kasalliklar a’lomatlari yo‘q.
– Shtab boshlig‘i o‘rinbosari BPdan: razvedka zvenosiga holatni o‘rganish davom ettirilsin.

36 daqiqadan so‘ng:
– 5 – yotoqxona razvedkachilarining taqdim etgan ma’lumoti asosida aloqachilar axboroti:
– Yotoqxonaning barcha qavat va xonalarida razvedka ishlari amalga oshirildi, o‘tkir yuqumli kasalliklar a’lomatlari yo‘q.
– Shtab boshlig‘i o‘rinbosari BPdan: razvedka zvenosiga holatni o‘rganish davom ettirilsin.

6. Shtab boshlig‘i o‘rinbosari tibbiyot markazi, qutqaruv va sanitar zvenosiga:
– shaxsiy tarkibni o‘tkir yuqumli kasallikka qarshi himoya qilish tashkil qilinsin;
– razvedka ma’lumoti asosida aniqlangan o‘tkir yuqumli kasallik yuzasidan kasallanganlarga tibbiy yordam ko‘rsatishga kirishilsin;
– kasallik hususiyatiga qarab yotoqxona va shaharcha hududida karantin e’lon qilinsin hamda yuqori turuvchi tashkilotlarga bu haqida axborot berilsin.

7. Shtab boshlig‘i o‘rinbosari jamoat tartibini saqlash zvenosiga:
– talabalar shaharchasi hududiga kirib chiqish ustidan belgilangan tartibda nazorat o‘rnatilsin;
– boshqaruv punkti va talabalar shaharchasi binolarida 24 soatlik navbatchilik joriy qilinsin, hamda Mirobod tarkibiy bo‘linmalar bilan aloqa o‘rnatilsin.

8. Barcha FM tuzilmalari o‘tkir yuqumli kasalliklar oqibatlarini bartaraf etish bo‘yicha amalga oshirilayotgan ishlar haqida BPga axborot berib turdilar va vaziyatdan kelib chiqqan holda yangi vazifalar oldilar.

O‘tkir yuqumli kasallik kelib chiqishi va boshqa holatlar o‘rganilib, belgilangan choralar ko‘rilgandan so‘ng shtab a’zolari va FM tuzilmalari boshqaruv punktiga yakuniy muhokama uchun yig‘ildilar.

Shtab boshlig‘i o‘rinbosari F.Q. Azimov

FM kuchlari rahbari G‘.M. Saparov

“Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi mudiri R.S. Roziqov