Qirg‘iz yoshlarining institutimizda o‘qish istagi tug‘ildi

Kuni kecha Qirg‘iziston Respublikasining Ósh Davlat Universiteti talabalari Toshkent temir yól muhandislari institutiga tashrif buyurdi. Tashrif davomida ikki davlat yoshlarining davra suhbati tashkil etildi. Talabalarning taqdimotlari ta’lim muassasalarida yaratilgan shart-sharoitlar borasida keng fikr almashish imkoniyati berdi. Samimiy va ochiq muloqot yoshlarning ilmiy va innovatsion g‘oyalar almashinuviga xizmat qildi.
Suxbatdan so’ng mehmonlar uchun institut bo‘ylab ekskursiya tashkil etildi. Yaratilgan shart-sharoitlar qirg‘izistonlik talabalarda Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida ta’limni davom ettirish istagini shakllantirdi.
Institut yoshlari xorijlik tengdoshlariga yurtimizdagi oliy ta’lim muassasalari haqida batafsil ma’lumot berdi. O‘zbekistonda faoliyat yuritayotgan xorijiy ta’lim muassasalarining filiallari, xalqaro hamkorlik, abiturientlar uchun test sinovi jarayonlari borasidagi lavhalar ko‘rsatildi. Qirg‘izistonlik yoshlar institutimiz talabalariga havas ko’zi bilan boqib, ulkan taassurotlar bilan qaytdilar.

«Yoshlar ittifoqi» BT yetakchisi Abduvoxid Sotvoldiyev