Institut yoshlari Buxoroda

Institut rektorining tavsiyasiga muvofiq, Prezident qarorida ko‘rsatilgan “O‘zbekiston bo‘ylab sayohat qil” shiori asosida «Talabalik bahori» festivali g‘olib jamoasining Buxoro shahriga tashrifi uyushtirildi.
Tashrif davomida sayyohatchi jamoa Buxoroni yurtimizning eng qadimiy shahri sifatida Vatanimizning boshqa shaharlaridan o‘z tarixi bilan ajralib turishiga yana bir karra amin bo‘ldilar. Qadimiy obidalardan «Etti pir” ziyoratgohi, Ismoil Somoniy maqbarasi, yuz yillar davomida Buxoro xukmdorlarining qarorgohi bo‘lgan Ark qal’ada bo‘lib, qadimiy shaharning sirlarini anglashga intildilar. 2 kunlik sayohat davomida Buxoro tarixiga oid bir olam taassurotlar olindi. Tengdoshlarimizning taassurotlarini fotolavhalar orqali e’tiboringizga havola qildik.