Ishlab chiqarish amaliyoti oldidan seminar tashkil etildi

“Ko‘priklar va tonnellar” kafedrasi 2017 yil 27 iyuldagi PQ-3151-son Prezident Qarori va “O‘zbekiston temir yo‘llari” AJ ning 2017 yil 7 avgustdagi NOKp-005-sonli buyrug‘i ijrosini ta’minlash bo‘yicha O‘zbekiston temir yo‘llari AJ, “Ko‘prikqurilish” tresti unitar korxonasida olib borilayotgan ishlar, tarmoqqa oid yangiliklar, sohani rivojlantirish istiqbolli yo‘llari, ishlab chiqarish bilan uzviy ravishda ta’lim mazmunini takomillashtirish maqsadida “Ko‘prikqurilishloyiha” unitar korxonasida seminar tashkillashtirdi.

Seminar “O‘zbekiston Respublikasi avtomobil va temir yo‘llaridagi temirbeton yo‘l o‘tkazgich va estakadalarning ratsional konstruktsiyalarini loyihalash istiqbollari” mavzusida olib borildi. Seminar davomida “Ko‘priklar va tonnellar” kafedrasi professor-o‘qituvchilari va “Ko‘prikqurilishloyiha” unitar korxonasi yetakchi mutaxassislari sohadagi loyiha bo‘yicha yuzaga kelayotgan muammolarni yechish masalalari, kadrlarni tayyorlash bo‘yicha fikr-mulohazalar almashildi. Shuningdek, Qurilish fakulteti 3-kurs talabalari ko‘prik va sun’iy inshootlarni loyihalash, smeta, arxitektura va dizayn ishlari bilan ham yaqindan tanishdilar.

Bu kabi uchrashuvlarni o‘tkazishdan ko‘zda tutilgan asosiy maqsad – soha vakillari bilan aktual muammolarni echish, talabalarni kelgusida ishlaydigan ish joylari haqida tasavvurga ega bo‘lishlarini ta’minlash va qanday bilimlarni egallashlari lozimligini uqtirishdan iborat.

“Ko‘priklar va tonellar” kafedrasi mudiri Ulug‘bek Shermuxammedov