“Yagonasan, muqaddas Vatan!” Respublika ko‘rik-tanlovining birinchi saralash bosqichi g’oliblari aniqlandi

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida joriy yilning 15 may kuni “Yagonasan, muqaddas Vatan!” Respublika ko‘rik-tanlovining birinchi saralash bosqichi bo‘lib o‘tdi.

Ma’lumot o‘rnida aytish joizki, tanlovda “Elektro aloqa va radio” kafedrasi mudiri A.A. Xalikov, badiiy rahbar D. Toshmurodov hakamlar xay’ati azolari vazifasini bajardi.

Ko‘rik-tanlovda Sh.Sh. Matkarimov – “Qurilish” fakulteti talabasi, J.A. Abdusalimov – “Iqtisodiyot” fakulteti talabasi, I.Usmonov – “Iqtisodiyot” fakulteti talabasi ishtirok etdi.

Komissiya raisi Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti prorektori D.X. Baratov, “Ma’naviyat va ma’rifat” va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i F.K. Azimov hamda bo‘lim xodimlari, badiiy rahbar Sh.X. Shodijonova va talabalar ishtirok etdi.

Tanlovdan ko‘zlangan maqsad O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 7 apreldagi “Yagonasan, muqaddas Vatan!” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PQ-1091-son qarori hamda Oliy va o‘rta maxsus ta’lim vazirligining 2019 yil 20 apreldagi 364-sonli buyrug‘ida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash, institutda tahsil olayotgan talabalar tomonidan Vatanga sadoqat, uning taqdiri uchun dahldorlik hissi bilan yo‘g‘rilgan, mazmunan teran, badiiy etuk qo‘shiqlar yaratilishini rag‘batlantirishdan iborat.

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2009 yil 7 apreldagi “Yagonasan, muqaddas Vatan!” ko‘rik-tanlovini o‘tkazish to‘g‘risida”gi PQ-1091-son qarorida belgilangan vazifalar ijrosini ta’minlash maqsadida, Oliy ta’lim muassasalari talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Yagonasan, muqaddas Vatan!” ko‘rik-tanlovining birinchi bosqich g‘olibini aniqlash va ikkinchi bosqichga tavsiya etish.

Tadbirda Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti “Ma’naviyat va ma’rifat” va iqtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i F.K. Azimov institut talabalari o‘rtasida o‘tkaziladigan “Yagonasan, muqaddas Vatan!” ko‘rik-tanlovining birinchi bosqichi bilan barcha ishtirokchilarni tabrikladi.

Shuningdek, institut talabalari o‘rtasida o‘tkazilib kelinayotgan “Yagonasan, muqaddas Vatan!” Respublika ko‘rik-tanlovini tashkil etilishi yoshlarimizning iqtidorini va qobiliyatlarini rivojlantirish, o‘z mahoratlarini ko‘rsatishlari uchun ajoyib imkoniyat ekanligini ta’kidladi. Tanlovda 8 nafar talaba ishtirok etishi rejalashtirilgan bo‘lib 3 nafar nafar ishtirok etdilar. Talabalarning qaysi tartibda chiqishlari qur’a tashlash yo‘li bilan aniqlandi.

I.Usmonov – “Iqtisodiyot” fakulteti talabasi, barcha ishtirokchilarning chiqishlari hakamlar hay’ati tomonidan baholab borildi.

Yakuniy xulosaga ko‘ra “Yagonasan, muqaddas Vatan!” ko‘rik-tanlovining:

3-darajali diplom bilan “Iqtisodiyot” fakulteti talabasi
I.R. Usmonov;

2-darajali diplom bilan– “Qurilish” fakulteti talabasi
Sh.Sh. Matkarimov;

1-darajali diplom bilan “Iq “Iqtisodiyot” fakulteti talabasi
J.A. Abdusalimovlar taqdirlandi.

Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti talabasi Javohir Abdusalimov “Yagonasan, muqaddas Vatan!” ko‘rik-tanlovining birinchi bosqichi g‘olibi deb topildi.