Tahlil va munosabat

Davlatimiz rahbarining «Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida»gi qarorida ta’lim jarayoni ustidan samarali jamoatchilik nazoratining o‘rnatilmaganligi haqida fikr yuritilgandi.
Yoshlar faoliyatini bilvosita nazorat qilish haqida ko‘p gapirilmoqda. Shu ma’noda, ijarada turgan talabalar ham alohida e’tiborga muxtoj.
Haqiqatan ham avvallari guruh rahbarlari ijarada turadigan talabalar bilan yetarlicha ish olib borilmagan. Prezident qarori murabbiylarga talay mas’uliyatli vazifalarni yukladi.
Bugunning murabbiyi kichik guruhlarda madaniy-ma’rifiy tadbirlarni tashkillashtirish, tarixiy qadamjoylarga tashriflar uyushtirish, talabalarga yaratilgan sharoit bilan qiziqishi lozim. Ayniqsa talabaning mashg‘ulotlarni o‘zlashtirishiga daxldorlik hissi bilan faoliyat yuritishi davr talabiga aylandi. Talabalarning ota-onalari bilan mustahkam aloqalarni o‘rnatish, ularning o‘zlashtirish va davomatidan xabardor qilish murabbiyning majburiyatlaridan biridir.
Toshkent temir yo‘l muhandislari institutida talabalarning ta’lim olishlari uchun barcha imkoniyatlar safarbar qilinmoqda. Ularga qulay sharoitlar yaratish borasida maqsadli dasturlar asosida ishlar olib borilayotganligi barchaga ayon. Biroq talabaning institutdan tashqari faoliyatini kuzatib borishda muammolar mavjud. Bu muammo ta’lim sifatini va talabaning o‘zlashtirishiga salbiy ta’sir ko‘rsatmoqda.
Shu ma’noda institut Murabbiylar kengashi faollari gurux rahbarlarining ijaralarda olib borayotgan faoliyatini o‘rganish maqsadida institut atrofidagi maxallalarda kuzatuv tadbirlarini tashkillashtirdi. Mahalla oqsoqollari va faollari ko‘magida ijara beruvchilar bilan suhbatlar o‘tkazdi.
«Birodarlik» mahallasi yig‘ini raisi Valijon Amanqulov va jamoatchilik tuzilmasi rahbari G‘.Artikov ishtirokida Eltuzar, Dashnobod 2-tor, Dashnabod, Mirzajaxongir, Kichik beshyogoch 1-tor, Dashnobod 1-tor ko‘chalarida ijarada yashovchi talabalar holidan xabar olindi. Talabalarning ruhiy, ahloqiy, ma’naviy-ma’rifiy xususiyatlari haqida ma’lumotlar to‘plandi.
«Banokotiy» mahalla fuqarolar yig‘ini raisi Musojon Qodirov va jamoatchilik tuzilmasi rahbari Sh.Xidirov bilan hamkorlikda shu mahallaga tegishli ko‘chalarda yashovchi talabalarning ijara xonadon egalari bilan suxbatlar o‘tkazildi.
«Navro‘z» mahallasi fuqarolar yig‘ini raisi Isroil Mirzaev, TSJ raxbari Ikrom Botirov ko‘magida mahallaga tegishli Sarakul, Sarakul-4 berk ko‘chasidagi ko‘p qavatli uylarda ijarada yashovchi talabalar yashash sharoiti o‘rganildi.
Ijarachi talabalar haqida 70 dan ortiq ijara beruvchi xonadon egalari bilan alohida suxbatlar o‘tkazildi. Institut talabalarining kim bilan yashashi, yashash sharoitlari, kommunal xizmatlarning holati, yong‘in xavfsizligi va sanitar-gigiena qoidalariga roiya qilayotganligi masalalari atroflicha tahlil qilindi.
Ijarada yashaydigan talabalarga sanitar-gigienik talablar, odob-axloq qoidalari, gazdan foydalanish talablari, internetning avzalliklari to‘g‘risida ma’lumotlar berildi. Ijara xonadon egalari o‘z talabalari holidan doimiy xabar olib turgan professor-o‘qituvchilar Sh.Saidajanov, Sh.Normurodov, N.Svetasheva, A.Tuychiev, F.Xasanov, G.Nishonova, E.Toxirov, N.Toxirovlarga o‘z minnatdorchiligini bildirdilar. Hamkorlikda ta’lim va tarbiya talabalarning faoliyatida o‘z aksini topayotganligidan minnatdorligini yashirmadilar.
Ammo murabbiylik faoliyati davomida talabalardan xabar olmayotgan o‘qituvchilar ham borligini xonadon egalaridan eshitdik. Bu esa alohida mavzu.
Talabalarni o‘z holiga tashlab qo‘ygan murabbiylarga “Murabbiylar haqida”gi Nizomning 1.8 bandida “…ijarada turadigan talabalarning yashash sharoiti bilan tanishib borish” vazifasi belgilab berilganligini eslatib qo‘yishni joiz deb topdik.
Chilonzor, Yunusobod, Shaytoxur tumanlarida ijarada yashayotgan talabalarning faoliyatini o‘rganish va tahlil qilish may oyining ikkinchi o‘n kunligiga belgilandi.

Murabbiylar kengashi raisi F.I.Mamurova