Ulug‘ adibga ehtirom

Toshkent temir yo‘l muhadislari institutida joriy yilning 14 may kuni “Ulug‘ adibga ehtirom” mavzuidagi adabiy-badiiy kecha bo‘lib o‘tdi.

Unda Filologiya fanlari doktor, qodiriyshunos olim Baxodir Karimov, Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektor D.X. Baratov, «Ma’naviyat va marifat» Ixtidorli talabalar bilan ishlash bo‘limi boshlig‘i F.K.Azimov, Murabbiylar Kengashi a’zolari, Fakultetlar dekan muovinlari, Institut xotin-qizlar qo‘mitasi BT, Yoshlar ittifoqi BT a’zolari, Institut kafedra mudirlari, professor-o‘qituvchilar hamda talaba-yoshlar ishtirok etdi.

Tadbirni institut prorektori D.X. Baratov Prezidentimizning ilm, ma’naviyat, ijod ahliga ko‘rsatayotgan g‘amxo‘rligidan cheksiz minnatdor bo‘lishimiz zarurligini, Qodiriy tavallud sanasini nishonlayotganimiz va keng miqyosli tadbir hamda rejalar belgilanayotgani ana shu g‘amxo‘rlik natijasi ekanligini, ayni Vatan ravnaqi, ozodligini qo‘msab, unga erisha olmay yosh jonini fido qilgan ulug‘ adibga shunday ehtirom ko‘rsatilishi Qodiriy merosidan bugun ham muttasil bahramand bo‘lib kelayotgan kitobxon xalqimizga izhor etilayotgan hurmat va ehtirom ramzi ekanligini etib tadbir mehmoni bilan barchani tanishtirdi.

Shundan so‘ng, Filologiya fanlari doktor, qodiriyshunos olim Baxodir Karimovga berdi. O‘z so‘zida, Abdulla Qodiriy haqida so‘z ketganda beixtiyor romanchiligimiz asoschisini ko‘z oldimizga keltirar ekanmiz, uning shaxsi haqida o‘ylab qolishimizni ta’kidladi. Adibning asarlari adabiyotimiz va umuman, madaniyatimiz mulkiga aylanib ulgurgan adib qanday inson edi, degan savol hammani qiziqtirishi tabiiy ekanligi, sho‘ro to‘ntarishlari davrida shaxs tushunchasi zavol topdi va bu millatning ma’naviy tanazzuliga xizmat qilishi, or-nomus, milliy g‘ururning yo‘qolishi shaxsning zavolidan darak ekanligi, Qodiriy buni “ma’naviy mag‘lubiyat” deb ataganligini, o‘tgan asrda yangi o‘zbek adabiyoti paydo bo‘lganligini, yangi o‘zbek adabiyotida Abdulla Qodiriy shaxsiyati fenomenal hodisa ekanligini qayd etdi.

Oybek Qodiriy haqida shunday yozganini: “Sirtdan qaraganda bosiq, kamgap ko‘rinar, chunki u har bir so‘zini taroziga solib ko‘rar, og‘ziga kelgan har so‘zni aytavermas, sekin va o‘ziga xalal berayotgandek yoqinqiramay gap boshlardi”.
Manbalarda yozuvchining harakterini o‘ziga ishongan, jasoratli, qat’iy, haqiqatparvar kabi sifatlar bilan baholashgannini, ilk romannning o‘qilish qoidalarini gapirib birinchi marta nashr etilgan “O‘tkan kunlar” romanini namoyish etidi.

Uchrashuv yakunida talabalar tomonidan adabiyotshunos olimga o‘zlarini qiziqtirgan savollar bilan murojaat etishdi. Undan keyin viktorina tashkil etilib g‘oliblarga qiziqarli kitoblar hadiya etildi.

Qodiriyshunos olim Bahodir Karimov bilan ochiq muloqot shaklida tashkil etilgan badiiy kechada talabalar ulug‘ adib hayoti va ijodi bilan bog‘liq savollarga echim topish bilan bir qatorda, Abdulla Qodiriy asari bilimdonlari aniqlandi. Yurtimiz ma’naviy hayotida kitobxonlik madaniyati muhim ijtimoiy voqelikka aylanayotgan ayni kunlarda Abdulla Qodiriy hayoti va ijodini o‘rganish, adib ijodiy merosidan bahramand bo‘lishi zarurligi xulosa sifatida qabul qilindi.

Institut matbuot xizmati