Institutning umidli ilmiy tadqiqotchilari Qozog‘iston Respublikasi fan va ta’lim vaziri bilan uchrashdi

Ayni paytda Lev Gumilev nomidagi Evroosiyo milliy universitetida ilmiy stajirovka o’tayotgan Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti professor-o‘qituvchilari Shinpulat Suyunbaev, Maqsud Mamasharipov va Umarali Abduraimovlar bilan Qozog‘iston Respublikasi fan va ta’lim vaziri Kulyash Shamshidinova uchrashdi.
1996 yil Qozog‘iston Respublikasi Birinchi Prezidenti tashabbusi bilan tashkil etilgan universitetga talabalarning yashash sharoiti bilan tanishish maqsadida tashrif buyurgan Fan va ta’lim vaziri Kulyash Shamshidinova Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti o‘qituvchilari bilan suhbatlashdi.
Suxbat davomida qo‘shni davlat vaziri yurtimizda mehmon bo‘lganligini, talabalarga yaratilgan sharoit uning e’tiborini tortganligini ma’lum qildi.
Vazir Kulyash Shamshidinova hamroxi Evroosiyo milliy universiteti rektori Erlan Sidikovga institutimiz ilmiy tadqiqotchilari uchun yanada qulay ilmiy muhit yaratish borasida tavsiyalar berdi.

Institut matbuot xizmati