Ramazon oyi g‘oyasi – komil inson tarbiyasidir

Muborak ramazon oyini munosib tarzda o‘tkazish to‘g‘risidagi Prezidentimizning qarorida, Ramazon oyini azaliy an’ana va qadriyatlarimiz ruhida har tomonlama munosib o‘tkazish bilan bog‘liq chora-tadbirlarni amalga oshirish vazifasi topshirilgandi.

Ramazon oyining dastlabki kuni “Islom ota” jome masjid imom xatibi Jasurbek Raupov ishtirokida Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti ustoz-murabbiylari va talaba-yoshlari bilan uchrashuvi tashkillashtirildi.
Muloqotda imom xatib Jasurbek Raupov muhtaram Prezidentimiz tomonlaridan diniy-ma’rifiy sohani takomillashtirish, mo‘min-musulmonlarning dardu tashvishlarini engillatish, diniy savodxonligini oshirish, imon-e’tiqodini mustahkamlash va Islom dinining ezgu ta’limotlarini to’g’ri targ‘ib etish zarurligini jonli misollar bilan izohlab berdilar.
Shuningdek, hamjihatlikda hikmat ko‘p ekanini bildirib, diyorimizdagi barcha mo‘min-musulmonlar jips bo‘lib yashashlari Yaratgan Parvardigor ne’matlariga munosib shukronalik bo‘lishini aytib o‘tdilar.
Ro‘za tutgan kishi g‘iybat, chaqimchilik kabi ishlardan uzoq bo‘lishi, haqoratli gap-so‘zlarni gapirmasligi lozimligi, shuningdek, o‘zga ro‘zadorlarni ham hurmat qilish zarurligi uqtirildi.
Ochiq muloqot shaklida o‘tgan uchrashuvni institut Yoshlar bilan ishlash bo‘yicha prorektori Dilshod Baratov olib bordi.

Institut matbuot xizmati