Yangi loyihalar va yangi imkoniyatlar

Toshkent temir yo‘l muhandislari institutining ilmiy bazasini mustahkamlashga qaratilgan maqsadli dasturlarni qabul qilishga e’tibor kuchaydi. Prezidentimizning 2018 yil 21 sentyabrdagi “2019-2021 yillarda O‘zbekiston Respublikasini innovatsion rivojlantirish strategiyasini tasdiqlash to‘g‘risida”gi Farmoniga muvofiq institutda xorijiy tajribalarni o‘rganish orqali innovatsion rivojlanishga qaratilgan hamkorlik tadbirlari amalga oshirilib kelinmoqda. Institutning mustaqil tadqiqotchilari xorij ta’lim muassasalari, xorijiy va mahalliy kompaniyalar bilan fanning dolzarb muammolar bo‘yicha fikr almashishda, ilmiy loyihalarda faol ishtirok etmoqdalar.
Institut yosh ilmiy tadqiqotchilari Qozog‘iston Davlati Evrosiyo milliy universitetida tashkil etilgan ilmiy stajirovkaga jo‘nab ketdilar. Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti vakillari transport logistikasi, tijoriy tashishlar, ekspeditorlik operatsiyalari kabi dolzarb masalalarda malaka oshirishga e’tibor qaratadilar. “Tashishni tashkil etish va transport logistikasi” fakulteti dekani o‘rinbosari Maqsud Mamasharipov, “Temir yo‘ldan foydalanish ishlarini boshqarish” kafedrasi dotsenti Shinpulat Suyunbaev va “Ko‘priklar va tonellar” kafedrasi tadqiqotchisi Umarali Abduraimovlar xorijda malaka oshirishi yuqori salohiyatli muhandis-texnik kadrlar tayyorlashga xizmat qiladi.

Institut matbuot kotibi