Muzeyga tashrif

Yoshlar masalalari bo‘yicha respublika idoralararo kengashining 2018 yil 22 yanvardagi “O‘zbekiston Respublikasida yoshlarga oid davlat siyosatini amalga oshirishga qaratilgan qo‘shimcha chora-tadbirlar to‘g‘risida”gi yig‘ilish bayoni bilan tasdiqlangan dasturning 28-bandi ijrosini ta’minlash, talaba-yoshlarni boy madaniyatimiz va tarixiy merosimiz bilan yaqindan tanishtirish maqsadida “Muzeylarga tashrif” aksiyasi doirasida 2019 yil 30 aprel kuni O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari davlat muzeyiga tashrif tashkillashtirildi. “Ijtimoiy-gumanitar fanlar” kafedrasi mudiri, institut professori Jumaniyoz Ramatov rahbarligida uyushtirilgan sayyohatda institut yoshlarini kengqamrovli bilimga ega qilishga e’tibor qaratildi.
9 may — Xotira va qadrlash kuni arafasidagi tashrif davomida talaba-yoshlar O‘zbekiston Respublikasi Qurolli Kuchlari tarixi, buguni hususidagi ilmiy asoslangan ma’lumot va stendlar bilan tanishish imkoniyatiga ega bo‘ldilar.
Iqtisodiyot fakulteti dekani o‘rinbosari Marg‘uba Agzamovaning bergan ma’lumotiga ko‘ra, davlat muzeyining har bir bo‘limi talabalarda boy taassurotlar bilan bir qatorda qiziqarli savollar tug‘ililishiga xizmat qildi. Ayniqsa qadimiy asrlar, o‘rta asrlarning ilk davri, Amir Temur va Temuriylar davrining harbiy san’atiga bag‘ishlangan bo‘lim yoshlarning iftihor tuyg‘usini yanada kuchaytirdi.

Institut matbuot xizmati