«Tashkent City”, 1-Lot turar joylar kompleksiga institut talabalarining tashrifi

O‘zbekiston Respublikasi Prezidentining 2017 yil 27 iyuldagi “Oliy ma’lumotli mutaxassislar tayyorlash sifatini oshirishda iqtisodiyot sohalari va tarmoqlarining ishtirokini yanada kengaytirish chora – tadbirlari to‘g‘risida”gi PQ-3151-son, 2018 yil 5 iyundagi “Oliy ta’lim muassasalarida ta’lim sifatini oshirish va ularning mamlakatda amalga oshirilayotgan keng qamrovli islohotlarda faol ishtirokini ta’minlash bo‘yicha qo‘shimcha chora – tadbirlar to‘g‘risida”gi Qarorlari ijrosini ta’minlash maqsadida, poytaxtimizda qurilayotgan yirik qurilish ob’ektlariga institut talabalarining ishlab chiqarish ekskursiyalarini o‘tkazish rejalashtirilgan.
Shu munosabat bilan 26 aprel 2019 yil kuni institut qurilish fakulteti 3-bosqich 5340200 – Bino va inshootlar qurilishi (temir yo‘l binolari) va 5340400 -Muhandislik kommunikatsiyalari qurilishi va montaji (temir yo‘l transportida suv ta’minoti va kanalizatsiya tizimlari) ta’lim yo‘nalishi talabalari “Tashkent City”, 1-Lot turar joylar kompleksi qurilish ob’ektiga ishlab chiqarish ekskursiyalarini uyushtirildi.
“Tashkent City”, 1-Lot turar joylar kompleksi o‘z ichiga 12 ga maydonni oladi. Turar joylar binosi, maktab, bog‘cha qurilishini qamrab olgan. Talabalar ta’lim sohalaridan kelib chiqib, o‘zlarining qiziqtirgan ko‘plab savollariga bevosita ishlab chiqarish qurilish tashkiloti mutaxassislaridan javoblar olishdi.

Qurilish fakulteti dekani A. Babaev