Hayotdan umidvor qalblar

Toshkent temir yo’l muhandislari instituti Qurilish fakulteti BI-30 va BI-32 guruhi talabalari Respublika Gematologiya va qon quyish ilmiy-tekshirish instituti shifoxonasining Bolalar onkogematologiyasi bo’limida davolanayotgan be’mor bolalar holidan xabar olishdi. Bo’lim mudiri Nargiza Nusratillaevnaning so’zlariga ko’ra ushbu bo’limda davolanayotgan bolalarning aksariyati liykoz (oqqon – qon raki), ostriy liykoz kasalliklari bilan og’rigan bolalardir. Kasallikning kelib chiqish sabablari to’liq aniqlanmagandan va batamom kasallikdan forig’ bolish murakkabligicha qolmoqda. Faqat bemor bolaning organizmi ko’tara olsa bir necha marta kimyoterapiya orqali umrlarini uzaytirish mumkin.
– Biz shifoxonada davolanayotgan bolalarga konsert-shou tashkil qilib ularning ko’ngillarini ko’tarish maqsadida kelgan edik. Lekin bu yerdagi bemor bolalarning holatini ko’rib fikrimiz o’zgardi. Bolalar palatalarida osma-tomchi ukolga ulab qo’yilgan ekan. Shundan so’ng ushbu bo’limda davolanayotgan 43 nafar bolajonlarning har birining palatalariga kirib suxbatlashdik va sovg’alarni topshirdik. Suxbat jarayonida bolalarga berilgan “Siz katta bo’lganingizda kim bo’lmoqchisiz?” deb bergan savolimizga aksariyat bolalar “Shifokor bo’laman” deb javob berdi. Bolajonlarning ko’zlaridagi umid, sog’ayib ketishga bo’lgan ishtiyoq, hayotdan umidvorlikni ko’rib kishining ko’ngli eziladi. Ularga qo’shilib biz ham Xudoga iltijo qilamiz “Shifosini bergin!”.

BI-30 va BI-32 guruhlar murabbiyi Alisher Eshqobilov