Hamkorlik uchun imkoniyatlar yetarli

Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti va Koreya milliy transport universiteti o‘rtasida imzolangan hamkorlik to‘g‘risidagi Bitimga muvofiq Korea Milliy transport universiteti vakillari Kim Sung Eun va Park Nareelar institutga tashrif buyurdi. Mehmonlar Koreya Respublikasi Prezidenti Mun Chje Inni O‘zbekistonga tashrifi davrida ikki davlat ta’lim sohasida bo‘yicha bir qator hujjatlar imzolanganini mamnuniyat bilan qayd etishdi.
Korea Milliy transport universiteti vakillari bilan bo‘lgan uchrashuvda 2013 yil 10 aprelda imzolangan Bitimning ijrosini ta’minlash, ikki tomonlama aloqalarni mustahkamlash, o‘quv yurtlari o‘rtasi ilmiy va innovatsion hamkorlikni kuchaytirishga kelishib olindi.
Tashrif davomida institut o‘quv ishlari bo‘yicha prorektor Abdullaziz Gulamov hamroxlik qildi.

Institut matbuot xizmati