Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti hamkorligida xalqaro memorandum imzolandi

Sertifikatlashtirish bo‘yicha xalqaro miqyosda tan olingan Rossiyaning “V-Industriya” sertifikatlashtirish idorasi va Toshkent temir yo‘l muhandislari instituti o‘rtasida memorandum imzolandi.
Innovatsion va texnologik g‘oyalarni har tomonlama rivojlantirish uchun zarur sharoitlar yaratish maqsadida imzolangan memorandumda fan bilan ishlab chiqarish o‘rtasidagi integratsiyani yanada kengaytirishga qaratildi.
Rossiyaning “V-Industriya” sertifikatlashtirish idorasi amaliy tadqiqot natijalarini, tajriba modellarini ishlatib ko‘rishda, institut ilmiy laboratoriyalarida yaratilayotgan ilmiy ishlanmalarni sertifikatlashtirishda va ularni joriy etishda amaliy yordam ko‘rsatadi.
Memorandumga institut rektori Ma’rufjon Rasulov va “V-Industriya” sertifikatlashtirish idorasi bosh direktori Aleksey Yakushevlar imzo qo‘ydi.

Matbuot xizmati