“Ko‘priklar va tonnellar” kafedrasi sayyor seminar o‘tkazdi

“Ko‘prikqurilish tresti” unitar korxonasining 13-Ko‘prikqurilish otryadida xavfsizlik texnikasiga bag‘ishlangan seminar o’tkazdi.
Seminarni Mehnat muhofazasi, texnika va sanoat xavfsizligi boshqarmasi boshlig‘i R. Asomxo‘jaev olib bordi.
U o‘z so‘zida joriy yilning birinchi choragida bo‘lib o‘tgan baxtsiz hodisalarga to‘xtalib, asosan o‘rta bo‘g‘in rahbarlari (master, smena boshlig‘i, brigadirlar)ning mehnat muhofazasi bo‘yicha yo‘l qo‘ygan kamchiliklar tufayli kelib chiqayotganligini aytib o‘tdi.
So‘zga Mehnat muhofazasi, texnika va sanoat xavfsizligi boshqarmasining instruktor-tashviqotchisi F. Djuraev chiqib, ushbu kamchiliklarni oldini olish bo‘yicha qilinishi zarur bo‘lgan chora-tadbirlarni tushuntirib berdi.
Institut “Hayot faoliyati xavfsizligi” kafedrasi professori S. Sulaymonov, «mehnat muhofazasi bo‘yicha normativ hujjatlar, me’yorlar, qurilish QMQ va ChNKlariga amal qilmaslik baxtsiz hodisalarga olib kelishi mumkinligi qayd etdi. Qurilishga oid xavfsizlik texnikasini buzilishi haqidagi videofilm va slaydlar namoyish etildi.
Kafedra professor-o‘qituvchilari tomonidan Sergeli va Toshkent xalqa metropoliten yo‘nalishidagi texnika xavfsizligiga oid qator kamchiliklar ko‘rsatilib, bartaraf etish chora-tadbirlari haqida o‘z mulohazalarini bildirdi.
Sayyor seminardan o‘rta bo‘g‘in rahbarlari tegishli xulosalarga ega bo‘ldilar. Kafedra va “Ko‘prikqurilish tresti” unitar korxonasi kelgusidagi aloqalarni yanada mustahkamlash haqida kelishildi.
Shuningdek, o‘tayotgan xafta davomida kafedrasi professor-o‘qituvchilari E. Yaxshiev va Ch. Normurodov, institut murabbiylar kengashi raisi F. Mamurovalar rahbarligida Qurilish fakultetining bitiruvchi bosqich talabalari uchun Yunusobod metrosining ikkinchi bosqich qurilishi jarayoni va loyihasi bilan tanishtirish ishlari olib borildi. Talabalar “67-Ko‘prikqurilish” otryadi etakchi mutaxassislari ishtirokida Yunusobod yo‘nalishidagi “Turkiston” bekatini armaturalash va betonlash ishlarini o‘rganishdi.

Kafedra mudiri Ulug‘bek Shermuhammedov